23.11.2026, Dushanba+16.4°CToshkentUSD12 004.48EUR13 155.71RUB146.56
+16.4°CToshkent$12 004.48 23.11.2026

NASA'ning Marsdagi ikki apparati tadqiqotlarni töxtatdi

Texnika 23.11.2026 11:40 0Kun.uz
NASA'ning Marsdagi ikki apparati tadqiqotlarni töxtatdi

Perseverance marsoxodining antenna tizimida, Mars orbitasida uzoq yillardan buyon işlayotgan Odyssey apparatida esa fazodagi holatini boşqarişga xizmat qiladigan maxovik-giroskoplardan birida muammo yuzaga kelgan.

Perseverance 2021-yil fevralida Yezero krateriga qöngan. Uning asosiy vazifalari bu hudud uzoq ötmişda hayot uçun qançalik yaroqli bölganini baholaş hamda keyinçalik Yerga yetkaziş uçun tuproq va toğ jinslarining önlab namunalarini yiğişdan iborat edi.

Apparat bu vazifalarni bajardi va boşqa bir qator muhim natijalarga ham erişdi. Perseverance jamoasi milliardlab yillar avval Yezero kraterida köl bölganini aniqladi. Undagi şaroit hayot mavjud bölişi uçun mos kelgan bölişi mumkin.

Bundan taşqari, marsoxod Mars toğ jinslarida köplab murakkab organik birikmalarni topdi. Ularning ayrimlari ötmişda hayot bölganiga işora qilişi mumkin. Biroq olimlar bu taxminni tölaqonli tekşiriş uçun, ehtimol, Perseverance töplagan namunalarni Yerga olib kelib, laboratoriyalarda örganiş talab etilişini taʼkidlamoqda.

Ilmiy kaşfiyotlardan taşqari, Perseverance yaqinda boşqa osmon jismi sirtida harakatlaniş masofasi böyiça yangi rekord örnatdi. U özidan kiçikroq bölgan avvalgi marsoxod - Opportunity natijasini yangiladi.

Avvalgi rekord 45,16 kilometr edi. Perseverance 11-oktabrda bu marradan ötdi. Biroq oradan atigi 19 kun ötib, missiya mutaxassislari nosozlikni payqadi.

Apparatning UHF diapazonida işlaydigan asosiy radiouzatkiçi bort kompyuteriga odatiy nazorat signallarini yuborişni töxtatgan. Bu uzatkiç maʼlumotlarni Mars orbitasidagi yöldoş-retranslyatorlar orqali Yerga yetkaziş uçun işlatiladi.

Marsoxod nosozlikni mustaqil aniqlab, dasturda belgilangan tartibda harakat qildi. Olti ğildirakli apparat zaxira UHF uzatkiçiga ötdi va xavfsiz rejimga kirib, işlaşini saqlab turiş uçun zarur bölmagan barça tizimlarni öçirdi.

Mutaxassislar Perseverance marsoxodini xavfsiz rejimdan çiqarişga erişdi. Ammo tez orada yana bir muammo aniqlandi: zaxira radiouzatkiçining çiqiş quvvati kutilgan körsatkiçning taxminan yarmini taşkil etayotgan edi. Şundan keyin boşqaruv jamoasi zaxira uzatkiçidan ham foydalanişni töxtatdi.

Endi apparat orbital retranslyatorlar yordamisiz, Yer bilan bevosita aloqa qilmoqda. U özining kuçaytiriş koeffitsienti yuqori bölgan tor yönalişli antennasi orqali NASAning Uzoq kosmik aloqa tarmoği - Deep Space Network antennalariga signal yubormoqda.

O‘xshash yangiliklar