23.11.2026, Dushanba+16.4°CToshkentUSD12 004.48EUR13 155.71RUB146.56
+16.4°CToshkent$12 004.48 23.11.2026

Qovoğarilarning aqli olimlarni öylantirib qöydi

Texnika 23.11.2026 10:40 0Kun.uz
Qovoğarilarning aqli olimlarni öylantirib qöydi

Köpçilik miya qança katta bölsa, aqliy qobiliyat şunça yuqori böladi, deb öylaydi. Albatta, bunda miyaning tanaga nisbati ham hisobga olinadi. Masalan, kitning miyasi biznikidan kattaroq, ammo biz aqlliroqmiz, çunki tana massasiga nisbatan inson miyasining uluşi köproq. Miya pöstloğining yuzasi va boşqa köplab omillar ham muhim.

Biroq oddiy qovoğari bu qonuniyatlarning barçasini şubha ostiga qöydi. Neyronlari nihoyatda kam bölsa-da, u ança murakkab vazifalarni bajara olişini körsatdi. Tadqiqotçilar qovoğarilar buni qanday uddalaganini hali ham örganmoqda. Aftidan, buning siri ular miyasining öziga xos tuzilişi va taşkil topişida.

Miya hajmi uning boşqa xususiyatlariga qaraganda ança kamroq ahamiyatga ega bölişi mumkin. Neyroolimlar qovoğarilarga oid tadqiqotlarni sinçiklab örganib, ularni drozofila - meva paşşasi miyasi haqidagi maʼlumotlar bilan taqqosladi. Tahlil tafsilotlari Science jurnalida çop etildi.

Qovoğarilarning miyasi neyrobiologiya mezonlari böyiça kiçik: unda bir milliondan kam neyron bor. Insonda ularning soni taxminan 100 milliard, sakkizoyoqda esa qariyb 500 millionni taşkil etadi. Sakkizoyoq neyronlarining katta qismi uning paypaslagiçlarida joylaşgan.

Şunga qaramay, qovoğarilar murakkab aqliy vazifalarni bajara oladi. Ular uçişning iloji bölmagan şaroitda kiçik töplarni siljitib, ularning ustidan nektarga - gul şirasiga yetib borişini körsatgan. Şuningdek, boşqa qovoğarilardan boşqotirmalarni yeçişni ham örganadi.

Boşqaça aytganda, olimlarda qovoğarilar bajargan murakkab harakatlarning qayd etilgan dalillari bor. Ammo bunçalik kiçik miya bu vazifalarni qanday uddalagani hali tuşunarsiz. Sariq suvarakning miyasida ham bir million neyron mavjud, lekin bu haşarotlar tajribalarda xuddi şunday yuqori aqliy qobiliyatni namoyiş etmagan.

Olimlarning fikriça, qovoğarilar miyasining qismlari özaro öziga xos tarzda boğlangan va aynan şu xususiyat ularga miyadan samarali foydalaniş imkonini beradi. Tadqiqotçilar asosiy eʼtiborni ikki qismga qaratdi: eslab qoliş va örganişda muhim rol öynaydigan qöziqorinsimon tana hamda yönalişni topiş, harakatlarni boşqariş va qaror qabul qilişga masʼul markaziy kompleks.

Qöziqorinsimon tana qovoğarilarga körgan, hidini sezgan yoki his qilgan narsalarini ijobiy va salbiy tajriba bilan boğlaşga yordam beradi. Qovoğarilar miyasining bu qismida drozofilalarnikiga qaraganda 50 baravar köp hujayra bor.Qöziqorinsimon tana qovoğarilarga körgan, hidini sezgan yoki his qilgan narsalarini ijobiy va salbiy tajriba bilan boğlaşga yordam beradi. Qovoğarilar miyasining bu qismida drozofilalarnikiga qaraganda 50 baravar köp hujayra bor.

O‘xshash yangiliklar