Milliy boğda Gentra va uni majaqlagan daraxt nega olib ketilmayapti?

Xusniddin Xidoyatov har kuni ertalab Adiblar xiyoboniga badantarbiya qiliş uçun keladi. Hodisa sodir bölgan kuni ham u maşinasini odatdagidek Milliy boğ avtoturargohiga qöyib, tanişlari bilan xiyobonga kirgan. Ertalab soat yettidan ötgaç, unga qönğiroq qilib, avtomobili ustiga daraxt qulaganini aytişgan.
«Daraxtning özi juda qiyşiq edi. Biz bunaqa bölişini bilmaganmiz», – deydi Xidoyatov.
Xavf haqida oldindan ogohlantirilgan
Milliy boğ xodimi Muxayyo Mamatova öşa kuni ertalab boğ darvozasidan kirayotganida gumbirlagan ovozni eşitgan. Uning eslaşiça, soat 7:15–7:20 atrofida katta daraxt Gentra avtomobili ustiga qulagan.
Mamatovaning aytişiça, daraxt ançadan beri qiyşayib turgan. Boğ xodimlari hududni supuriş jarayonida daraxt tagiga maşina qöygan haydovçilarni ogohlantirib, avtomobillarini boşqa joyga olib ötişlarini sörab kelişgan.
Mamatova daraxtni kestiriş zarurligi haqida rahbariga ham bir-ikki marta aytgan. Uning sözlariga köra, rahbari avval boşqa daraxt ekib, keyin bunisini kesişlarini bildirgan.
Daraxtning qulaşiga guvoh bölgan yana bir kişi öşa kuni kuçli şamol bölmaganini aytadi.
«Daraxt oğa boşladi. Uni bitta kiçkina ildiz uşlab turgan ekan. Daraxtning özi qurib, çirib qolgan ekan», – deydi u.
Guvohning aytişiça, hodisadan söng ekologiya va obodonlaştiriş idoralari masʼuliyatni bir-birining zimmasiga yuklagan. Avtomobil egasi Xusniddin Xidoyatov esa voqea joyiga kelganlar masalani hal qilişga vaʼda berişganini aytmoqda.
Köplab murojaatlar, ammo aniq javob yöq
Avtomobil egasining nabirasi Muhammadkarim Xusniddinov Kun.uz bilan suhbatda hodisadan buyon qator davlat idoralariga murojaat qilgani, ammo moddiy zararni qoplaş masalasi hamon oçiq qolayotganini aytdi.
Oila dastlab içki işlar va Favqulodda vaziyatlar vazirligi xodimlariga murojaat qilgan. FVV xodimlari voqea joyini suratga olib, maʼlumotnoma bergan.
Oradan tört kun ötib, profilaktika inspektori oilaga xabarnoma taqdim etgan. Muhammadkarimning aytişiça, xabarnomada jinoyat aniqlanmagani, iş yopilgani va oila bundan norozi bölsa, prokuraturaga murojaat qilişi mumkinligi körsatilgan.
Şundan söng u Prezident portali, Boş prokuratura, Toşkent şahar hokimligi, Ekologiya vazirligi va obodonlaştiriş xizmatiga murojaat qilgan. Biroq, uning sözlariga köra, 25-noyabrga qadar murojaatlariga aniq javob ololmagan.



