28.11.2026, Shanba+12.3°CToshkentUSD12 017.70EUR13 179.81RUB146.39
+12.3°CToshkent$12 017.70 28.11.2026

Xitoylik juftlik uchun farzand dunyoga keltirgan o‘zbekistonlik surrogat ona vafot etdi

Jamiyat 28.11.2026 11:55 0Zamin
Xitoylik juftlik uchun farzand dunyoga keltirgan o‘zbekistonlik surrogat ona vafot etdi

Gruziyadagi “Ozodlik” radiosi xabariga ko‘ra, bu ayolning surrogat onalik dasturidagi ilk ishtiroki bo‘lgan. Gruziya Ichki ishlar vazirligi uning vafot etganini tasdiqlagan va ehtiyotsizlik oqibatida o‘limga sabab bo‘lish holati yuzasidan tergov boshlagan. Mamlakat Sog‘liqni saqlash vazirligining tegishli agentligi ham voqeani tekshirmoqda.

Mazkur hodisa Gruziyada surrogat onalikni taqiqlash masalasi muhokama qilinayotgan bir paytda yuz berdi. Hukmron partiya vakillari sohada muayyan qoidalar mavjud bo‘lsa-da, faoliyatni to‘liq nazorat qilish qiyinligini taqiq tashabbusiga sabab sifatida keltirgan.

O‘xshash yangiliklar