28.11.2026, Shanba+12.3°CToshkentUSD12 017.70EUR13 179.81RUB146.39
+12.3°CToshkent$12 017.70 28.11.2026

Toshkentda ota geroinni 3 yoshli farzandining shapkasiga yashirgani aniqlandi

Jamiyat 28.11.2026 11:36 0Zamin
Toshkentda ota geroinni 3 yoshli farzandining shapkasiga yashirgani aniqlandi

Toshkent shahrining Yashnobod tumanida giyohvandlik moddasini ichki ishlar xodimlaridan yashirish uchun uni 3 yoshli farzandining bosh kiyimiga joylagan erkak ushlandi. Bu haqda Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, «Xavfsiz va sog‘lom yurt» keng qamrovli tezkor-profilaktik tadbirlari davomida tumanda harakatlanayotgan Tracker rusumli avtomobil to‘xtatilgan. Haydovchining xatti-harakatlari xodimlarda shubha uyg‘otgan.

Avtomobil tekshirilganda, unda bo‘lgan erkakning 3 yoshli farzandi bosh kiyimi ichiga yashirilgan geroin moddasi aniqlangan. Erkak giyohvandlik vositasini ichki ishlar xodimlaridan yashirish maqsadida bolasining shapkasiga joylaganini tan olgan.

Mazkur holat yuzasidan unga nisbatan Jinoyat kodeksining 273-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Gumonlanuvchiga nisbatan qamoqqa olish ehtiyot chorasi qo‘llangan.

O‘xshash yangiliklar