24.11.2026, Seshanba+12.2°CToshkentUSD12 002.93EUR13 156.41RUB146.74
+12.2°CToshkent$12 002.93 24.11.2026

Geologiya fanlari universitetida kompleks davlat akkreditatsiyasi doirasida taşqi baholaş boşlandi

Ta'lim 24.11.2026 14:19 0Uza
Geologiya fanlari universitetida kompleks davlat akkreditatsiyasi doirasida taşqi baholaş boşlandi

Tadbirda universitet rahbariyati, ekspertlar komissiyasi aʼzolari va soha mutaxassislari iştirok etdi.

Taşqi baholaş avvalida Özbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Taʼlim sifatini taʼminlaş milliy agentligi direktori Baxtiyor Yöldoşev, Geologiya fanlari universiteti rektori Azim Qodirxöjayev va boşqalar sözga çiqib, mazkur jarayon universitetning taʼlim va ilmiy-tadqiqot salohiyati, zamonaviy laboratoriya imkoniyatlari, mutaxassislar tayyorlaş tizimi hamda taʼlim sifatini taʼminlaş borasida amalga oşirilayotgan işlarni har tomonlama örganişda muhim ahamiyat kasb etişini taʼkidladi.

Qayd etilganidek, taşqi baholaş jarayonlaridan közlangan asosiy maqsad universitet faoliyatini belgilangan mezonlar asosida xolis va har tomonlama baholaş, taʼlim sifatini taʼminlaş tizimi samaradorligini örganiş hamda muassasa faoliyatini yanada takomillaştirişdan iborat.

Tadbir doirasida Geologiya fanlari universiteti rektori Azim Qodirxöjayev universitetning faoliyati, strategik rivojlaniş maqsadlari, ustuvor yönalişlari, erişilgan natijalari va istiqboldagi rejalari haqida maʼlumot berdi.

Rektorning taʼkidlaşiça, universitet faoliyati aniq loyihalar hamda işlab çiqariş korxonalari bilan hamkorlik asosida taşkil etilgan. Ayni paytda oliygoh tarkibida törtta alohida tuzilma va törtta asosiy ilmiy-tadqiqot instituti faoliyat yuritadi.

Şuningdek, universitet qoşida Geologiya muzeyi, tizim xodimlari malakasini oşirişga ixtisoslaşgan tuzilma va boşqa muassasalar mavjud. Kitob geologiya milliy tabiat boği hamda Italiyaning Piza universiteti bilan hamkorlikda taşkil etilgan filial ham oliygoh faoliyatining muhim yönalişlaridan hisoblanadi.

– Xususan, Italiyaning hamkor Piza universiteti bilan qöşma taʼlim dasturi yölga qöyilgan bölib, bitiruvçilarga har ikki universitet diplomini oliş imkoniyati yaratilgan. Taʼlim jarayoni ingliz tilida olib boriladi. Hozirda universitetda geologiya bilan bevosita boğliq bölgan oltita taʼlim yönalişi mavjud. Sunʼiy intellekt yönalişi ötgan yildan boşlab joriy etilgan. Universitetning ilmiy salohiyatini oşiriş ham ustuvor vazifalardan biri hisoblanadi. Hozirda ilmiy salohiyat körsatkiçi 53 foizni taşkil etadi. Uni 60 foizdan oşiriş maqsad qilingan.

Talabalarni rağbatlantiriş maqsadida bir qator nomdor va maxsus stipendiyalar joriy etilgan. Jumladan, vazirlik, Navoiy kon-metallurgiya kombinati, Olmaliq kon-metallurgiya kombinati hamda Özbekiston texnologik metallar kombinati stipendiyalari şular jumlasidan.

Talabalarning xorijda tajriba orttirişi, kasbiy bilim va amaliy könikmalarini rivojlantirişiga ham alohida eʼtibor qaratilmoqda. Xususan, Polşa, Germaniya va Rossiya kabi davlatlarda stajirovka dasturlari taşkil etilmoqda.

Şuningdek, universitet xalqaro hamkorlik aloqalarini kengaytiriş, xorijiy oliy taʼlim muassasalari bilan qöşma taʼlim dasturlari va ilmiy loyihalarni amalga oşirişga ustuvor ahamiyat qaratmoqda. Jumladan, Germaniya, Xitoy, Avstriya, Italiya, AQŞ universitetlari bilan hamkorlik yölga qöyilgan, – dedi rektor.

Tadbirda qayd etilganidek, taşqi baholaş jarayonlari davomida taʼlim dasturlarining mazmuni, öquv jarayonini taşkil etiş, talabalar bilimini baholaş tizimi, professor-öqituvçilarning ilmiy-pedagogik salohiyati, ilmiy-tadqiqot va innovatsion faoliyat, xalqaro hamkorlik hamda moddiy-texnik bazaga alohida eʼtibor qaratiladi.

25-26-noyabr kunlari professor-öqituvçilar, talabalar, bitiruvçilar va iş beruvçilar bilan uçraşuvlar ötkazilib, ularning fikr-mulohazalari örganiladi. Bunda taʼlim dasturlarining mehnat bozori talablariga muvofiqligi, bitiruvçilarning kasbiy kompetensiyalari, taʼlim sifati va talabalar uçun yaratilgan şaroitlar baholanadi.

Taʼlim sifatini taʼminlaş milliy agentligi direktori Baxtiyor Yöldoşevning taʼkidlaşiça, Geologiya fanlari universitetining kompleks davlat akkreditatsiyasi doirasidagi taşqi baholaş jarayonlariga 20 nafarga yaqin ekspert jalb etilgan. Ular tomonidan oliy taʼlim muassasasidagi taʼlim sifati tizimi har tomonlama örganiladi.

– Bunda, avvalo, talabalarning taʼlim jarayoni, professor-öqituvçilar faoliyati va berilayotgan bilimlar sifatidan qoniqiş darajasiga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Sönggi yillarda oliy taʼlim muassasalariga akademik, moliyaviy va taşkiliy mustaqillik berildi. Bu esa öquv dasturlarini mustaqil şakllantiriş, ilğor xorijiy universitetlar tajribasini joriy etiş imkoniyatlarini kengaytirdi. Akkreditatsiya jarayonida mazkur dasturlarning samaradorligi, talabalarning olgan bilimlarini amaliyotda qöllay olişi va mehnat bozorida raqobatbardoş mutaxassis bölib yetişişi kabi mezonlar ekspertlar tomonidan batafsil baholanmoqda.

Şuningdek, universitetning istiqboldagi rivojlaniş strategiyasi bilan ham tanişdik. Örganişlar davomida içki imtihon tizimini takomillaştiriş, ilmiy-tadqiqot işlarini sanoat ehtiyojlari va sohadagi dolzarb muammolarga yönaltiriş, olimlarni amaliy tadqiqot loyihalariga kengroq jalb etiş, xorijiy talabalar sonini oşiriş böyiça öz tavsiyalarimizni berdik.

Işonamanki, bunday baholaş jarayonlari universitetning yanada rivojlanişi, oldiga qöygan maqsad va vazifalariga erişişiga xizmat qiladi. Eng muhimi, mamlakatimiz oliy taʼlim tizimini xalqaro miqyosda munosib namoyon eta oladigan raqobatbardoş va ilğor oliy taʼlim muassasalarini şakllantirişga hissa qöşadi, – dedi u.

27-noyabr kuni esa universitetning taʼlim sifatini taʼminlaş tizimi, ilmiy-tadqiqot va innovatsion faoliyati, xalqaro hamkorlik aloqalari, inson resurslarini rivojlantiriş, talabalar turar joyidagi yaşaş şaroitlari va inklyuziv muhit örganiladi.

Taşrif yakunida ekspertlar komissiyasi tomonidan dastlabki fikr-mulohazalar bildiriladi. Akkreditatsiya böyiça yakuniy qaror belgilangan tartib va muddatlarda qabul qilinadi.

Nasiba Ziyodullayeva,

ÖzA

O‘xshash yangiliklar