Dual taʼlim: universitetdan mahallaga, mahalladan davlat boşqaruviga

Toşkent davlat iqtisodiyot universitetida bitiruvçi talabalar uçun taşkil etilgan dual taʼlim amaliyoti tizimdagi yangiça yondaşuvning bir namunasidir. Universitet talabalari özlari istiqomat qiladigan mahallalarga yönaltirilib, öqiş davomida özlaştirgan fanlari doirasida hududning ijtimoiy-iqtisodiy holatini örganmoqda. Ular mahalladagi mavjud muammolarni aniqlaydi, sabablarini tahlil qiladi, tegişli hisob-kitoblar va kuzatuvlarga tayanib, ularni hal etişga qaratilgan loyiha takliflarini işlab çiqadi. Uşbu jarayonning eng muhim jihati şundaki, talaba öz bilimini bevosita özi yaşaydigan muhitda qöllaydi. Mahalla esa uning uçun iqtisodiy va ijtimoiy jarayonlarni örganiş, mustaqil fikrlaş va tadqiqot olib boriş maydoniga aylanadi.
Keyingi yillarda dual taʼlimni rivojlantiriş böyiça keng kölamli işlar olib borilmoqda. Jumladan, Özbekitsan Respublikasi Prezidentning 2026-yil 29-sentabrdagi “Oliy taʼlimda dual taʼlim şaklida kadrlar tayyorlaş tizimini takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi Farmoni mazkur yönalişdagi işlarni yangi bosqiçga kötarişga xizmat qilmoqda.
Farmonda 2026/2027 öquv yilidan boşlab taʼlim yönalişlari va sohalarining xususiyatlaridan kelib çiqib, dual taʼlim tizimi asosida amaliyotlar taşkil etiş belgilandi. Bunday amaliyotlarni olti oygaça muddatga nazariy taʼlimdan ajralgan holda yoki haftalik maşğulotlar şaklida taşkil etiş imkoniyati nazarda tutilgan. Şuningdek, 2027/2028 öquv yilidan boşlab “korxona – oliygoh – maqsadli kadr” tamoyili asosida iş beruvçilarning buyurtmalari böyiça mutaxassislar tayyorlaş tizimi joriy etiladi.
Mahalla Özbekiston jamiyatining eng muhim ijtimoiy institutlaridan biri hisoblanadi. Aholining kundalik hayoti, oilaviy daromadlari, bandlik holati, tadbirkorlik taşabbuslari, ijtimoiy xizmatlardan foydalaniş imkoniyatlari va köplab boşqa jarayonlar aynan mahallada namoyon böladi. Bir hududda tadbirkorlik faoliyati rivojlanayotgan bölsa, boşqa bir mahallada kiçik biznesni yölga qöyiş uçun infratuzilma yetişmaslik ehtimoli mavjud. Ayrim joylarda yoşlar bandligi dolzarb masala bölib tursa, boşqa hududlarda oilaviy tadbirkorlik, xizmat körsatiş, savdo, içki turizm yoki kommunal infratuzilma bilan boğliq muammolar köproq uçraydi.
Şu jihatdan qaraganda, talabalarning özlari yaşaydigan mahallalarda amaliyot ötaşi juda örinlidir. Talaba hududni taşqaridan kelgan kuzatuvçi sifatida emas, balki mahalliy şaroitni tuşunadigan yoş tadqiqotçi sifatida örganadi.
Bunda asosiy talab – har bir loyiha işi umumiy mulohazalar yoki tavsifiy maʼlumotlar bilan çeklanib qolmasligi nazarda tutiladi Talaba muammoni aniqlaşi, uning kelib çiqiş sabablarini örganişi, mavjud maʼlumotlarni tahlil qilişi va amaliy jihatdan bajarilişi mumkin bölgan takliflarni asoslab berişi lozim.
Toşkent davlat iqtisodiyot universitetida yölga qöyilgan amaliyot mexanizmi aniq taşkiliy bosqiçlar asosida amalga oşirilmoqda. Avvalo, bitiruvçi kurs talabalari özlari istiqomat qiladigan mahallalarga biriktiriladi. Mehnat faoliyatini olib borayotgan talabalar esa tegişli taşkilot va korxonalarda amaliyotini davom ettiradi. Har bir talabaga universitet professor-öqituvçilari orasidan rahbar tayinlanadi.
Amaliyot jarayonining borişi, talabalarning kundalik faoliyati va örganiş natijalari muntazam nazorat qilib boriladi. Keyingi muhim bosqiç fanlar bilan amaliyot örtasidagi boğliqlikni taʼminlaşdir. Şu tariqa, talaba har bir fan böyiça özlaştirgan nazariy bilimini real muammo bilan boğlaydi. Fan öqituvçisi esa unga ilmiy-uslubiy rahbarlik qilib, tadqiqotning töğri yönalişda olib borilişini taʼminlaydi.
Uşbu taşabbusning eng eʼtiborga molik jihatlaridan biri Toşkent davlat iqtisodiyot universitetida taşkil etilgan “Aql markazi” faoliyati bilan boğliq. Talaba mahallada örganilgan muammolar, ularning kelib çiqiş sabablari va yeçimiga doir taklif va xulosalarni universitetning “Aql markazi” işçi guruhiga taqdim etadi. Markaz uşbu materiallarni körib çiqib, ularning dolzarbligi, asoslanganligi, amalga oşiriş imkoniyati va kutilayotgan samaradorligini baholaydi. Saralangan takliflar umumlaştirilib, tegişli yuqori turuvçi davlat organlariga körib çiqiş uçun ğoya va takliflar sifatida kiritiladi.
Bugun mahallada muammoni örganayotgan talaba ertaga şu muammoning yeçimiga masʼul bölgan mutaxassis, tadbirkor yoki rahbar bölib yetişadi. Uning bugungi loyihasi kelajakdagi boşqaruv qarorlariga asos bölişi ehtimoldan xoli emas. Şu maʼnoda, Toşkent davlat iqtisodiyot universitetida amalga oşirilayotgan mazkur taşabbus oliy taʼlimning jamiyat hayotidagi örnini yanada yaqqol namoyon etadi. Universitet öz ilmiy va intellektual salohiyatini hududlar rivojiga yönaltiradi, talabalar esa örgangan bilimlarini hayotiy vazifalarni hal etişda qöllaş imkoniyatiga ega böladi.
Abdulhamid Akbarov,
Toşkent davlat iqtisodiyot universiteti
Andijon fakulteti dotsenti,
iqtisodiyot fanlari böyiça falsafa doktori (PhD).
ÖzA



