Kreditlar va mikroqarzlar reklamasiga yangi talablar joriy etilmoqda

10.11.2026 yildagi OʻRQ-1187-son Qonun bilan «Reklama toʻgʻrisida»gi Qonunga sugʻurta xizmatlari, kreditlash va moliyaviy masalalar sohasida iste’molchilarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi.
Qonun bilan «Reklama toʻgʻrisida»gi Qonunga quyidagilarni nazarda tutuvchi oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilmoqda:
- aholi va tadbirkorlarning sugʻurta borasidagi savodxonligini oshirishga qaratilgan ma’lumotlar ijtimoiy ma’lumot sifatida belgilanadi;
- tegishli tarmoqlardagi vakolatli organlar ham ijtimoiy ma’lumot reklama beruvchilari roʻyxatiga kiritiladi;
- moliyaviy xizmatlar reklamasida ushbu xizmatlardan foydalanish va qarz majburiyatlarini bajarmaslik moliyaviy xatarlarni keltirib chiqarishi mumkinligi toʻgʻrisidagi ogohlantirish boʻlishi kerak. Xususan, kreditlar va mikroqarzlar reklamasida ogohlantirish reklama maydoni yoki efir vaqtining kamida 10 foizini egallashi kerak.
Hujjat Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasida davlat tilida e’lon qilingan va 10.11.2026 yildan kuchga kirdi.
Lola Abduazimova



