23.11.2026, Dushanba+16.4°CToshkentUSD12 004.48EUR13 155.71RUB146.56
+16.4°CToshkent$12 004.48 23.11.2026

Norma

norma.uz
Siyosat

Yirik shaharsozlik loyihalari uchun tenderlar qanday tashkil etiladi

Maxsus zonalarda yirik investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun yer uchastkalari E-auksion platformasi orqali ochiq elektron tanlovga qoʻyiladi. Gʻolib taklif etilgan narx va loyihaning belgilangan investitsiya shartlariga muvofiqligini hisobga olgan holda aniqlanadi, ularni baholash avtomatik tarzda amalga oshiriladi.

Norma
Siyosat

Toʻlovga qobiliyatsizlik ishlari onlaynga oʻtadi: 1 dekabrdan nima oʻzgaradi

Toʻlovga qobiliyatsizlik ishlarini yuritishning yagona elektron platformasi ishga tushiriladi. U tartib-taomillarni onlayn kuzatish, majburiy ma’lumotlarni e’lon qilish va ish ishtirokchilarining oʻzaro hamkorligini ta’minlaydi. Bunga oid Toʻlovga qobiliyatsizlik ishlari agentligi toʻgʻrisidagi nizom Vazirlar Mahkamasi qarori bilan tasdiqlandi.

Norma
Siyosat

Yettita Milliy besh yillik dasturning maqsadli yoʻnalishlari belgilandi

Prezidentning PF-242-sonli Farmonida aholi farovonligini oshirish va mamlakatni rivojlantirishga qaratilgan milliy dasturlarni amalga oshirish koʻzda tutilgan. Asosiy vazifalar orasida 2 million yuqori daromadli ish oʻrni yaratish, barcha sugʻoriladigan yerlarni suvni tejaydigan texnologiyalar bilan qamrab olish, ta’lim va sogʻliqni saqlashni rivojlantirish hamda sud mustaqilligini mustahkamlash bor.

Norma
Siyosat

Yirik shaharsozlik loyihalariga qoʻshimcha imtiyozlar beriladi

Yangi Toshkent shahri va hududlarda yirik shaharsozlik loyihalarini amalga oshirish uchun maxsus sharoitlar joriy etilmoqda. Investorlar uchun foyda soligʻining imtiyozli stavkasi belgilanadi, ayrim loyihalar 20 yil muddatga mol-mulk va yer soligʻidan ozod qilinadi hamda boshqa soliq imtiyozlari beriladi.

Norma
Siyosat

Kreditlar va mikroqarzlar reklamasiga yangi talablar joriy etilmoqda

OʻRQ-1187-son Qonun bilan «Reklama toʻgʻrisida»gi Qonunga moliyaviy va sugʻurta xizmatlari iste’molchilarini himoya qilishga qaratilgan oʻzgartirishlar kiritildi. Endilikda kreditlar va mikroqarzlarni reklama qilishda reklama maydoni yoki efir vaqtining kamida 10 foizini egallaydigan ehtimoliy moliyaviy xatarlar toʻgʻrisidagi ogohlantirish boʻlishi kerak. Bundan tashqari, aholi va tadbirkorlarning sugʻurta borasidagi savodxonligini oshirishga qaratilgan ma’lumotlar ijtimoiy reklamaga aloqador deb topildi.

Norma
Siyosat

Jarima 60 kunda toʻlanmasa, avtomashina jarima maydonchasiga joylashtiriladi

IIV yoʻl harakati qoidalari buzilishiga doir ishlarni rasmiylashtirish va koʻrib chiqish tartibi toʻgʻrisidagi yangi yoʻriqnomani tasdiqladi. Bayonnomalar planshetda elektron shaklda rasmiylashtiriladi, bir yil ichida 12 dan ortiq jarima ballarini toʻplagan haydovchilarning ishi esa avtomatik ravishda sudga yuboriladi.

Norma