23.11.2026, Dushanba+15.5°CToshkentUSD12 004.48EUR13 155.71RUB146.56
+15.5°CToshkent$12 004.48 23.11.2026

Madaniyat va san’at sohasini qoʻllab-quvvatlash mexanizmlari kengaytirilmoqda

Siyosat 13.11.2026 00:00 0Norma
Madaniyat va san’at sohasini qoʻllab-quvvatlash mexanizmlari kengaytirilmoqda

Vazirlar Mahkamasining 11.11.2026 yildagi 618-son qarori bilan madaniyat, san’at va adabiyot sohasida bir qator normativ-huquqiy hujjatlar tasdiqlandi.

 

02.06.2026 yildagi PF-103-son Farmonga muvofiq hujjat bilan "Ijodga investitsiya" davlat maqsadli jamgʻarmasi va uning kengashi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi.

 

Jamgʻarma Madaniyat vazirligi huzurida yuridik shaxs maqomiga ega boʻlmagan holda iste’dodlarni aniqlash va rivojlantirish, ularning prodyuserlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash boʻyicha biznes loyihalarni moliyalashtirish maqsadida tashkil etilgan. Jamgʻarmaga har yili respublika byudjeti hisobidan 200 mlrd soʻm ajratiladi.

 

"Madaniyatgrant.uz" yagona elektron platformasida Jamgʻarma mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladigan loyihalarga arizalarni qabul qilish, tanlov asosida saralash, shuningdek, ularning amalga oshirilishi va moliyaviy koʻrsatkichlarini kuzatib borish imkonini beruvchi modulni ishga tushirish rejalashtirilgan.

 

Bundan tashqari, qaror bilan quyidagi qoʻllab-quvvatlash choralarini nazarda tutuvchi nizomlar tasdiqlandi:

• har yili uy-joyga muhtoj 1 000 nafar ijodkorga kvartira sotib olish uchun ipoteka subsidiyalari ajratish;

• boshqa hududga ishlash uchun koʻchib ketayotgan va u yerda oʻz uyiga ega boʻlmagan madaniyat, san’at va adabiyot xodimlari uchun davlat byudjetidan uy-joy ijarasi haqini qisman toʻlash;

• fuqarolarning milliy cholgʻu asboblarini xarid qilish xarajatlarining bir qismini kompensatsiya qilish;

• konsert tashkilotchilariga subsidiyalar ajratish;

• davlat va nodavlat teatrlarining spektakllariga sotilgan har bir chiptani subsidiyalash;

• ixtiyoriy tibbiy sugʻurta xarajatlarining bir qismini qoplash;

• madaniyat, san’at va adabiyot sohasi vakillarining sanatoriy-kurortlarda davolanishi uchun davlat byudjeti hisobidan haq toʻlash.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 12.11.2026 yildan kuchga kirdi.

 

Lola Abduazimova

 


O‘xshash yangiliklar