Mahkuma ayollarning farzandlari uchun maxsus bogʻchalar tashkil etilmoqda.

Prezidentning 12.11.2026 yildagi "Jazoni ijro etish muassasalarida jazoni oʻtayotgan mahkuma ayollarning farzandlarini maktabgacha ta’lim xizmatlari bilan qamrab olish tizimini takomillashtirish toʻgʻrisida"gi PQ-395-son qarori qabul qilindi.
2026 yil 1 dekabrdan boshlab Ichki ishlar vazirligi tizimidagi 21-sonli Jazoni ijro etish koloniyasi qoshidagi Bolalar uyi va 42-sonli Manzil-koloniyasi negizida uch yoshgacha boʻlgan bolalar uchun "Ona va bola markazi" (MMTM) maxsus davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari tashkil etiladi.
MMTT xodimlariga ish haqi va unga tenglashtirilgan toʻlovlarni toʻlash umumiy turdagi MMTT uchun belgilangan shartlar asosida amalga oshiriladi, shuningdek, ularning barcha xodimlariga lavozim maoshlari va bazaviy tarif stavkalariga nisbatan alohida mehnat sharoitlari uchun 100% miqdorida har oylik ustama belgilanadi.
Maxsus maktabgacha ta’lim tashkilotlarida 5 nafargacha bolani qamrab oluvchi kechayu kunduz ishlaydigan guruhlar tashkil etiladi. Bolalarning yashashi, tibbiy xizmatdan foydalanishi, yoshiga mos shakllanishi va rivojlanishi uchun barcha zarur sharoitlar yaratiladi.
Mahkuma ayollarning huquqlarini yanada toʻliq amalga oshirish uchun ularga uch yoshgacha boʻlgan farzandlari bilan ishdan boʻsh vaqtida, shu jumladan tungi vaqtda birga yashash (boʻlish) uchun sharoitlar yaratiladi.
Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 13.11.2026 yildan kuchga kirdi.
Lola Abduazimova



