23.11.2026, Dushanba+15.5°CToshkentUSD12 004.48EUR13 155.71RUB146.56
+15.5°CToshkent$12 004.48 23.11.2026

Suv omborlari hududida turizm ob’yektlarini tashkil etishga doir talablar belgilandi

Siyosat 09.11.2026 00:00 0Norma
Suv omborlari hududida turizm ob’yektlarini tashkil etishga doir talablar belgilandi

Vazirlar Mahkamasining 05.11.2026 yildagi 609-son qarori bilan Suv omborlari va ularga tutash hududlardagi boʻsh turgan qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan yer uchastkalarida turizm xizmatlarini tashkil etish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi.

 

Hujjatda quyidagilar belgilangan:

• suv omborlari va ularga tutash hududlardagi qurilmalar barpo etilmagan, qishloq xoʻjaligida foydalanish uchun moʻljallanmagan yer uchastkalarida turizm xizmatlarini tashkil etish tartibi;

• turizm ob’yektlarining ekologik, sanitariya-epidemiologik, shaharsozlik va texnik xavfsizligiga qoʻyiladigan talablar;

• favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularga chora koʻrish mexanizmlari.

 

Xususan, quyidagi majburiy talablar belgilandi:

  • tashrif buyuruvchilarning xavfsizligini ta’minlash, baxtsiz hodisalar va suv bosishining oldini olish, turizm ob’yektlarini qutqaruv qayiqlari, kuzatuv minoralari, suv chuqurligi koʻrsatkichlari va boshqalar bilan jihozlash;
  • qutqaruv xizmatini tashkil etish yoki professional qutqaruv tuzilmalari bilan shartnoma asosida navbatchilik xizmatini yoʻlga qoʻyish;
  • kichik hajmli kemalar va ularning hududidagi bazalardan (inshootlardan) foydalanish xavfsizligi qoidalariga, shuningdek suv va qirgʻoqni muhofaza qilish zonalari uchun belgilangan qoidalarga rioya qilish, oqova suvlarning suv havzalariga oqizilishining oldini olish uchun ichki kanalizatsiya tarmoqlari va mahalliy oqova suvlarni tozalash inshootlarini ta’minlash;
  • maishiy chiqindilarni olib chiqish xizmatlarini koʻrsatuvchi tashkilotlar bilan shartnomalar tuzish.

 

Turizm xizmatlarini tashkil etishda raqamli xaritalar, onlayn-band qilish tizimlari, QR-kodlarga asoslangan navigatsiya vositalari va boshqa raqamli infratuzilma joriy etilishi kerak.

 

Turizm ob’yektlarini joylashtirishda esa suv resurslarini muhofaza qilish zonalari, sanitariya-muhofaza zonalari hamda suv bosishi va koʻchki xavfi yuqori boʻlgan hududlarni ham hisobga olish zarur.

 

Har bir turizm ob’yekti uchun loyiha tashkilotini jalb etgan holda master reja ishlab chiqiladi.

 

Turizm infratuzilmasi ob’yektlarini joylashtirish uchun yer uchastkalari elektron onlayn-auksionlar orqali ajratiladi.

 

Hujjat Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasida davlat tilida e’lon qilingan va 06.11.2026 yildan kuchga kirdi.

 

Lola Abduazimova

 


O‘xshash yangiliklar