Yettita Milliy besh yillik dasturning maqsadli yoʻnalishlari belgilandi

Prezident 10.11.2026 yildagi "Inson qadrini yuksaltirishga qaratilgan milliy dasturlarni amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi PF-242-son Farmonni imzoladi.
Milliy dasturlarni amalga oshirishning asosiy maqsadlari:
• bilim va malakalarni taraqqiyotning asosiy kapitaliga aylantirish;
• aholi salomatligi va uzoq umr koʻrishini ta’minlash;
• yuqori texnologiyalar va mehnat unumdorligiga asoslangan iqtisodiyotni rivojlantirish;
• suv va tabiatga boʻlgan munosabatning tubdan oʻzgarishi;
• sud mustaqilligini kuchaytirish va qonun ustuvorligini ta’minlash;
• mahallani jamiyat taraqqiyotining asosiy buyurtmachisiga aylantirish;
• Oʻzbekistonning tinchlik, doʻstlik va bagʻrikenglik mamlakati sifatidagi nufuzini oshirish.
Bilim va malakalarni taraqqiyotning asosiy kapitaliga aylantirish
• 6 yoshli bolalarni maktabgacha tayyorgarlik guruhlari bilan toʻliq qamrab olish;
• nodavlat MTTlarni tashkil etish boʻyicha amaldagi imtiyozlarni saqlab qolish va samaradorligini baholash;
• barcha umumta’lim maktablarini xalqaro baholash dasturlari bilan bosqichma-bosqich qamrab olish;
• xalqaro ta’lim standartlarini joriy etish va yoshlarni texnikumlarda yuqori daromadli kasblarga oʻqitish;
• kamida 10 ta oliy ta’lim muassasasini nufuzli xalqaro reytinglarning top-1000 taligiga kiritish;
• 10 million yoshni raqamli sanoat va kelajak kasblariga jalb qilish;
• raqamli makonda oʻzbek tilining fan va texnologiya tili sifatidagi maqomini mustahkamlash.
Aholining salomatligi va uzoq umr koʻrishini ta’minlash
• Aholi salomatligi uchun davlat xarajatlarining YaIMga nisbatini 5 foizga yetkazish;
• sogʻliqni saqlash tizimida sogʻliqni saqlashning profilaktikaga asoslangan modeliga oʻtish;
• barcha uy xoʻjaliklari oilalarini davlat tibbiy sugʻurtasi tizimi bilan qamrab olish;
• ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam sohasida raqobat muhitini kuchaytirish uchun dunyoning kamida 5 ta nufuzli klinikalarini jalb qilish;
• tibbiyot, farmatsevtika, biotexnologiya va tibbiy ta’limni kompleks rivojlantirish.
Yuqori texnologiyalar va mehnat unumdorligiga asoslangan iqtisodiyotni rivojlantirish
• Iqtisodiyotga $450 mlrd miqdorida xorijiy investitsiyalarni jalb qilish;
• YaIM hajmini $300 mlrdga yetkazish;
• sanoatda 2 mln yuqori daromadli ish oʻrinlarini yaratish;
• startaplar, venchur kapitali va sun’iy intellektni ustuvor yoʻnalishga aylantirish;
• kichik biznes sub’yektlarini oʻrta biznesga, oʻrta korxonalarni esa yirik kompaniya va korporatsiyalarga aylantirishning yagona ekotizimini shakllantirish;
• aholi jon boshiga YaIM hajmini 10 ming AQSh dolllaridan yuqori darajaga yetkazish.
Suv va tabiatga boʻlgan munosabatning tubdan oʻzgarishi
• Sugʻoriladigan ekin maydonlarini suv tejovchi texnologiyalar bilan qamrab olishni 100 foizga yetkazish;
• "Yashil makon" umummilliy loyihasini sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqish;
• ta’lim va tibbiyot muassasalari, shuningdek, koʻp qavatli uylar atrofidagi yashil hududlarni jamiyatning daxlsiz mulki sifatida himoya qilish;
• tuman va shahar markazlarini koʻkalamzorlashtirish darajasini 30 foizga yetkazish.
Sud mustaqilligini kuchaytirish va qonun ustuvorligini ta’minlash
• Umumiy oʻrta ta’lim maktablaridan boshlab huquqiy tarbiya va huquqiy savodxonlikni tizimli ravishda joriy etish;
• fuqarolar va tadbirkorlik sub’yektlarining huquqiy kafolatlarini kuchaytirish;
• kiberjinoyatchilik, giyohvandlik va odam savdosining oldini olish choralarini kuchaytirish;
• yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashishni sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqish;
• ayollar va bolalar huquqlari kamsitilishiga qarshi kurashni kuchaytirish.
Mahallani jamiyat taraqqiyotining asosiy buyurtmachisiga aylantirish
• davlat dasturlarini mahallalarning talab va ehtiyojlaridan kelib chiqib shakllantirish;
• mahalla buyurtmasi asosida tuman (shahar) byudjeti, investitsiya dasturlari va infratuzilma loyihalarini ishlab chiqish;
• mahalla buyurtmalari boʻyicha 30 kun muddatda asoslantirilgan qaror qabul qilish tartibini joriy etish.
Oʻzbekistonning tinchlik, doʻstlik va bagʻrikenglik mamlakati sifatidagi nufuzini oshirish
• millatlararo totuvlik va diniy bagʻrikenglikni yanada mustahkamlash;
• ochiq, pragmatik, koʻp qirrali, puxta oʻylangan va muvozanatli tashqi siyosat, shu jumladan iqtisodiy diplomatiyani izchil davom ettirish;
• 2027-2030 yillarda ushbu tashkilotga raislik doirasida Qoʻshilmaslik harakati faoliyati samaradorligini oshirishga qaratilgan tashabbuslarni ilgari surish;
• Afgʻoniston boʻyicha konstruktiv siyosatni izchil davom ettirish.
Hujjat bilan quyidagilar tasdiqlandi:
• Milliy dasturlarning asosiy maqsadli koʻrsatkichlari;
• 2027-2031 yillarda Milliy dasturlarni amalga oshirish boʻyicha chora-tadbirlar dasturi.
Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 11.11.2026 yildan kuchga kirdi.
Lola Abduazimova



