23.11.2026, Dushanba+16.4°CToshkentUSD12 004.48EUR13 155.71RUB146.56
+16.4°CToshkent$12 004.48 23.11.2026

GTA VI: Dunyo iqtisodiyotini ham “öynatgan” öyin

Boshqa 23.11.2026 19:21 0Qalampir
GTA VI: Dunyo iqtisodiyotini ham “öynatgan” öyin

Bugun butun dunyo yoşlari yagona bir mavzuni muhokama qilmoqda. Bu na siyosat, na sport yoki biror-bir kaşfiyotdir. “Yangi pandemiya” nomi bilan internetda şov-şuvlarga sabab bölayotgan Rockstar Games’ning “GTA” nomi bilan tillarda doston bölgan videoöyini nihoyat uzoq kutişlardan söng sotuvga çiqarildi.

1,5 milliard dollar – ayrim davlatlarning yillik byudjetiga teng keladigan mablağ. Rockstar Games esa bu pulni virtual şahar, xayoliy qahramonlar va millionlab öyinçilarning orzusi uçun tikdi. Xöş, bu ulkan tavakkal kompaniyaga qaçon va qança daromad keltiradi? GTA VI hali köplab öyinçilarni ekran qarşisiga mixlab ulgurmasidan, uning atrofida milliardlab dollar pullar aylana boşlagani rostmi?

“Maşinalar qanday öğirlanadi?”

Tasavvur qiling, siz katta şaharning köçalaridan biridasiz. Atrofda osmonöpar binolar, şovqin-suron, tirbandlik, politsiya sirenalari va har tomonga şoşayotgan odamlar. Bamisoli haqiqiy dunyo, ammo birgina farq: bu şaharda siz uçun heç narsa taqiqlanmagan. Töğri tuşundingiz, heç narsa. Istagan maşinangizni haydaşingiz, köçalarda kezişingiz, turli töpolonlar qilişingiz, topşiriqlarni bajarişingiz yoki qonun bilan hisoblaşmay, butun şaharni ostin-ustun qilişingiz mumkin. Albatta, jinoyat jazosiz qolmaydi, sizni hibsga olişlari, otişlari va hatto öldirişlari mumkin. Ammo soniya ötmay, siz barçasini qayta boşlaşingiz mumkin böladi. Ha, bilib turganingizdek, gap öşa maşhur – Grand Theft Auto videoöyini haqida ketmoqda.

Ingliz tilidagi uşbu atamani özbekçaga taxminan “avtomobilni yirik miqyosda öğirlaş” yoki qisqa qilib aytganda, “avtomobil öğriligi” deb tarjima qiliş mumkin. Aslida, bu atama AQŞ qonunçiligidagi avtomobilni noqonuniy olib qoçiş jinoyati nomidan olingan. Demak, öyin nomining özidanoq uning qanday olamga boşlaşi haqida kiçik işora bor.

GTA ilk bor 1997 yilda Şotlandiyaning DMA Design kompaniyasi tomonidan işlab çiqilib, öyin bozoriga taqdim etilgan. Keyinçalik bu studiya Rockstar North nomi bilan tanildi, öyinni işlab çiqiş esa bugun butun dunyoga maşhur Rockstar Games zimmasiga ötdi. Dastlab oddiy grafikalar va yuqoridan körinadigan şahar manzaralari bilan boşlangan loyiha yillar davomida rivojlanib, öyin sanoatining eng yirik franşizalaridan biriga aylandi.

GTAʼning asosiy jozibasi şundaki, u öyinçini şunçaki tayyor ssenariyni kuzatişga majbur qilmaydi, balki unga butun bir şahar kalitini topşiradi. Bu yerda siz oddiy fuqaro emas, balki jinoyat olamiga kirib qolgan qahramon rolini öynaysiz. Maşinalarni olib qoçiş, politsiya bilan quvlaşmaçoq öynaş, turli topşiriqlarni bajariş, biznes yuritiş, pul topiş va şahar hayotining turli körinişlarida iştirok etiş mumkin. 
Asosiy voqealar zanjiri mavjud bölsa-da, öyinçi istasa, undan bir muddat çetga çiqib, şunçaki şahar köçalarida sayr qilişi ham mumkin. Xullas, GTA – bu ekran içidagi ulkan muqobil dunyo, öyinçi esa unda ham boş qahramon, ham öz sarguzaştining rejissyori.

Şu jihati bilan GTA oddiy avtomobil poygasi yoki otişma öyinidan ança farq qiladi. U insonning erkinlik, sarguzaşt va tavakkalga bölgan qiziqişini virtual olamga köçiradi. Bir qaraşda, gap maşinalar va jinoyatlar haqida ketayotgandek tuyulişi mumkin. Aslida esa bu öyin insonlarning içida yiğilgan agressiya va negativ energiyani xavfsiz bölgan virtual olamda çiqarib yuborişga, haqiqiy hayotda qiliş xavfli bölgan harakatlarni sinab körişga imkon beradi. Muhim jihati şundaki, yuqorida aytganimizdek, hatto öyin içida ham jinoyatlar jazosiz qolmaydi.

“GTA grippi”

Joriy yilning 19 noyabr kuni dunyoning turli burçaklarida minglab odamlarni yoppasiga “betob” qilib qöygan yangi virus tarqaldi. Uning nomi – GTA. 13 yillik tanaffusdan keyin çiqarilayotgan franşizaning oltinçi qismi köpçilikni vaqtinçalik ta’til olişga yoki yolğondan kasal bölib qolişga undamoqda.

Oxirgi marta 2013 yilda GTA V bilan öyinçilarni virtual Los-Santos köçalariga olib kirgan Rockstar Games oradan 13 yil ötib, nihoyat, seriyaning yangi qismi – GTA VI bilan qaytmoqda. Bu şunçaki navbatdagi öyin taqdimoti emas, balki bir avlodni özi bilan birga ulğaytirgan va ötgan davr mobaynida kutilgan nostalgiya hamda zamonaviy alter-dunyo qorişmasi deyiş mumkin. Şu sababli uning treylerlari, suratlari va hatto kiçik tafsilotlari ham internetda millionlab muhokamalarga sabab böldi. Dastlabki treyler YouTube’da 300 milliondan ortiq marta tomoşa qilingani ham uşbu dunyoning muxlislari naqadar köp ekanligini körsatadi.

Biroq GTA VI şunçaki qaytiş emas, 13 yillik mehnat va videoöyin sanoatining bu davr mobaynida töxtovsiz rivojlangani sababli yangi qism butkul yangi darajaga çiqdi. Rockstar öyinni işlab çiqiş uçun rasman tasdiqlamagan bölsa-da, mustaqil baholaşlarda uning byudjeti 1,5 milliard AQŞ dollaridan oşgani aytilmoqda. Bu uni tarixdagi eng qimmat videoöyin loyihalaridan biriga aylantiradi. Öyin ustida dunyoning turli nuqtalarida qariyb 5 ming kişi işlagani, işlab çiqiş jarayoni esa ön yildan ortiq davom etgani haqidagi ma’lumotlar loyihaning kölamini yaqqol körsatadi. Boşqaça aytganda, bu safar Rockstar milliard dollarlik virtual şahar qurdi.

Birgina videoöyin uçun sarflangan byudjet Samoa yoki Dominika kabi butun boşli davlatlarning yillik yalpi içki mahsuloti qiymatidan yuqori. Internetda Dubaydagi Burj Xalifaning qurilişi uçun ketgan xarajatlar bilan birgina öyin “yutib yuborgan” pullar soliştirilgan videolar millionlab layk va izohlar töpladi. Aynan şu xarajatlar bilan boğliq miş-mişlar ham videoöyinni odamlar orasida yanada maşhur qilib yubordi.

Yangi qismga qiziqiş şu qadar oşib ketdiki, uning şov-şuvi ijtimoiy tarmoqlardan çiqib, yirik naşrlarning asosiy mavzulariga aylandi. Hatto ba’zi manbalar öyin tufayli AQŞ iqtisodiyotiga 1 milliard dollarlik zarar yetişi mumkinligi haqida şov-şuvli xabarlar e’lon qildi. Uşbu ajiotajga esa Rockstar Games’ni moliyalaştiruvçi Take-Two Interactive kompaniyasi boş direktori Ştraus Zelnikning “19 noyabr kuni köpçilik özini kasalga solib, işga çiqmaydi”, deya hazil aralaş bergan bayonoti sabab böldi, deyiş mumkin.

Şundan söng öyin tufayli işga çiqmaslik haqidagi gipotezalar butun internetni egallab oldi. “Yangi epidemiya” yoki “GTA grippi” kabi norasmiy terminlar köplab naşrlarning jimjimador sarlavhalaridan joy oldi. Avstraliyaning Nine News telekanali noma’lum manbaga tayanib: “Bitta öyin Avstraliya mehnat unumdorligini 70 million Avstraliya dollari miqdorida töxtatib qöyişi mumkin”, deb bong urdi. Bir kun ötib, 7 News ham Avstraliyadagi kompaniyalar “kasallik ta’tillari”ning keskin oşişiga tayyorlanayotgani haqida xabar berdi. Buyuk Britaniyaning Daily Star naşri ham 1,2 million britaniyalik işçi GTA VI öynaş uçun yillik mehnat ta’tiliga çiqişini da’vo qilib, xabar e’lon qildi. Ammo mutaxassislar bunday sarlavhali xabarlar heç qanday tasdiqlangan manbalarga asoslanmaganini ta’kidlamoqda.

Şunga qaramay, öyin taqdim etilgaç, bir neça kun davomida iş joylarida odatdagidan köproq böş stullar qolişi ehtimoli bor. Axir ayrimlar bu kunni yillik ta’til hisobidan oldindan band qilib qöygan, boşqalar esa sevimli öyini bilan uçraşiş uçun bir neça kunlik rejalar tuzgan. Seriyaning beşinçi qismini öynagan avlod bugun GTA VI’ni öz farzandlari bilan birga öynaşga şoşilmoqda.

Buni ba’zi yirik kompaniyalar ham tuşunib, öz xodimlariga bir neça kunlik ta’tillar bergani haqida ma’lumotlar bor. Jumladan, Logitech kompaniyasi 7 ming nafar global xodimiga öyin uçun bir kunlik ta’til e’lon qilgan. Pocketpair korxonasi ham 12 noyabrda xodimlariga 19–23 noyabr kunlari uçun beş kunlik maxsus ta’til belgilagan. Albatta, yuqoridagi taşkilotlar töğridan-töğri öyin industriyasi bilan aloqador bölgani sababli bunday siyosatning olib borilişi tabiiy. Bundan taşqari, xodimlar bilan boğliq bunday harakatlar kompaniyalarning imijiga ham sezilarli ta’sir körsatişi aniq.

GTA VI qaçon milliardlarni qaytaradi?

Bir milliard dollardan ortiq mablağ sarflangan loyiha öz xarajatlarini qaçon qoplaydi? Javob uçun uzoq kutişga töğri kelmasligi mumkin. 2026 yil 19 noyabr kuni rasman taqdim etilgan Grand Theft Auto VI nafaqat videoöyin sanoati, balki savdo, reklama, oziq-ovqat yetkazib beriş va texnologiya bozorida ham katta iqtisodiy tölqin hosil qilmoqda.

GTA VI’ni işlab çiqarişga sarflangan mablağ rasman e’lon qilinmagan. Biroq tahlilçilar loyihaning işlab çiqiş xarajatlarini 1,5 milliard dollardan ortiq deb baholamoqda. Bunday ulkan sarmoyani qaytariş uçun öyin millionlab nusxada sotilişi kerak edi. Ammo dastlabki natijalar kutilganidan ham yuqori böldi, deyiş mumkin. Sensor Tower tahliliy kompaniyasi hisob-kitoblariga köra, 13 noyabrga qadar 12 milliondan ortiq oldindan buyurtma rasmiylaştirilgan va ularning umumiy qiymati 1,18 milliard dollarga yetgan edi.
19 noyabr kuni esa savdo körsatkiçlari yanada yuqoriladi. “Reuters” xabariga köra, Sensor Tower öyin taqdimotining ilk kunida 24,58 million nusxa sotilganini va bu taxminan 2,36 milliard dollarlik tuşumga tengligini baholagan. Taqqoslaş uçun, GTA V 2013 yilda ilk 24 soat içida qariyb 800 million dollarlik savdoni amalga oşirgan edi.

Xöş, şunda öyin özini allaqaçon oqlab böldimi? Gadget Review naşri keltirgan ssenariyga köra, öyin savdosidan tuşgan mablağning taxminan 30 foizi platforma egalari – PlayStation va Xbox kabi kompaniyalarga komissiya sifatida qolişi mumkin. Masalan, 1,9 milliard dollarlik yalpi savdo tuşumidan uşbu uluş olib taşlangaç, Take-Two ixtiyorida taxminan 1,33 milliard dollar qoladi. Bu esa öyinni işlab çiqiş xarajatlarining taxminiy körsatkiçlarini hali töliq qoplamaganini anglatadi.

Töğri, 19 noyabrdagi 2,36 milliard dollarlik dastlabki savdoning özi loyiha xarajatlari ilk kundanoq qoplangan bölişi mumkin, degan fikrni tasdiqlaydi. Ammo bu soddalaştirilgan hisob-kitob, xolos. Marketing, soliqlar, boşqa işlab çiqariş xarajatlari va hamkorlar bilan daromad taqsimoti ham mavjudligini unutmaslik kerak. Bundan taşqari, kompaniyaning maqsadi faqat sarflangan xarajatlarni qoplaş emas, balki çinakam foyda köriş ekanligi aniq.

Biroq Take-Two kompaniyasi uçun GTA VI, heç qanday şubhasiz, haqiqiy “oltin koni”ga aylanişi mumkin. Tahlilçilarning fikriça, kompaniya uzoq muddatli daromadni GTA Online va GTA+ kabi xizmatlardan kutmoqda. Öyinçilarning virtual olamda qöşimça imkoniyatlar, buyumlar va xizmatlar uçun pul sarflaşi muntazam daromad manbaiga aylanişi mumkin. Ayniqsa, GTA VI’ning onlayn rejimi işga tuşgaç, kompaniya uçun yangi moliyaviy davr boşlanişi kutilmoqda.

Videoöyin atrofidagi iqtisodiy şov-şuv faqat öyin işlab çiqaruvçilar bilan çeklanmaydi. Iqtisodçilar öyinning taqdim etilişi boşqa sohalar daromadlarining ham sezilarli oşişiga turtki berişi mumkinligini ta’kidlamoqda. Masalan, uyda qolib, bir neça soatlab Vice City köçalarini kezişni rejalaştirganlar uçun oziq-ovqat yetkazib beriş xizmatlari ham qöşimça daromad manbaiga aylanişi mumkin. Öyin vaqtida ovqat pişiriş yoki restoran izlab yuriş örniga, tayyor buyurtma beriş qulayroq. Bu esa yetkazib beriş xizmatlari va umumiy ovqatlaniş sektorida talabning vaqtinça oşişiga zamin yaratadi.

Yana bir foyda körişi mumkin bölgan yönaliş – elektronika va kompyuter aksessuarlari bozori. Yangi öyinni yuqori sifatda öynaş va boşqariş uçun ayrim foydalanuvçilar televizor, monitor, quloqçin, kontroller, qöşimça xotira qurilmalari hamda tezkor internet uskunalarini yangilaşga kirişişi mumkin. Demak, GTA VI savdosi ortidan nafaqat Rockstar, balki öyin texnikasini işlab çiqaruvçi va sotuvçi kompaniyalar ham manfaat körişi ehtimoli bor.

Şu ma’noda, GTA VI’ni faqat videoöyin sifatida baholaş töğri bölmaydi. Bu – yilning eng kutilgan raqamli mahsulotlaridan biri, uning iqtisodiy ta’siri esa öyin industriyasidan taşqaridagi sohalarga ham yetib borişi mumkin. Zero, bugun virtual şahar quriş uçun sarflangan milliardlar real dunyodagi bizneslar uçun ham yangi imkoniyatlar eşigini oçmoqda.
 

O‘xshash yangiliklar