Qirğizistondagi yonğinda ikki özbekistonlik halok böldi (video)

Qirğizistonning Manas şahrida qurilayotgan ikki qavatli binoda sodir bölgan yonğin oqibatida Özbekistonning ikki fuqarosi halok böldi, yana bir özbekistonlik reanimatsiyaga yotqizildi. Bu haqda Qirğiziston Favqulodda vaziyatlar vazirligining viloyat boşqarmasi ma’lum qildi.
Qayd etilişiça, yonğin keça, 22 noyabr kuni Intimak qişloğidagi A. Karimbekov köçasida joylaşgan qurilişi tugallanmagan binoda yuz bergan. Uni öçiriş uçun uçta yonğin-qutqaruv ekipaji jalb etilgan. Yonğin soat 22:56 da töliq bartaraf etilgan.
Hodisa oqibatida uç nafar erkak jabrlangan. Ulardan ikki nafari yonayotgan binodan olib çiqilib, tez tibbiy yordam xodimlariga topşirilgan. Biroq ulardan biri şifoxonada vafot etgan, ikkinçisi esa reanimatsiyaga yotqizilgan.
Uçinçi erkak esa voqea joyida tutundan zaharlanib halok bölgan. Uning jasadi qutqaruvçilar tomonidan binodan olib çiqilib, tibbiyot xodimlariga topşirilgan.
Bildirilişiça, hozirda mutaxassislar yonğin sabablarini va yetkazilgan moddiy zarar miqdorini aniqlamoqda.
Eslatib ötamiz, avvalroq Qirğizistonning Botken viloyatida Özbekiston fuqarosi boşqaruvidagi Cobalt avtomobili iştirokida sodir bölgan yöl-transport hodisasida bir kişi halok bölgani haqida xabar berilgan edi.



