23.11.2026, Dushanba+16.4°CToshkentUSD12 004.48EUR13 155.71RUB146.56
+16.4°CToshkent$12 004.48 23.11.2026

Yuqori tezlikda “peşexod”da töxtagan Damas ağdarilib ketdi (video)

Boshqa 23.11.2026 15:27 0Qalampir
Yuqori tezlikda “peşexod”da töxtagan Damas ağdarilib ketdi (video)

Samarqand viloyatining Payariq tumanida yuqori tezlikda harakatlangan Damas ağdarilib ketdi. Bu haqda viloyat Yöl harakati xavfsizligi boşqarmasi xabar berdi.

Qayd etilişiça, yöl-transport hodisasi joriy yilning 20 noyabr kuni soat 11:15 lar atrofida Payariq tumani “Aliobod” MFY hududidan ötuvçi yölda sodir bölgan. Damas rusumli avtomobil haydovçisi aholi yaşaş joyida belgilangan tezlik me’yoriga amal qilmasdan harakatlangan. Oqibatda rul boşqaruvini yöqotgan va piyodalar ötiş joyida öng tomonga ağdarilib, yöl-transport hodisasi sodir bölgan.

Bildirilişiça, hodisa tufayli tan jarohati olganlar va vafot etganlar yöq. Holat yuzasidan Payariq tumani IIB JXX YHXB tomonidan dastlabki suriştiruv işlari olib borilmoqda.

Eslatib ötamiz, avvalroq Samarqand viloyatining Toyloq tumanida voyaga yetmagan bola boşqaruvidagi Lacetti avtomobili tut daraxtiga urilişi oqibatida 8-sinf öquvçisi halok bölgandi.

O‘xshash yangiliklar