23.11.2026, Dushanba+15.5°CToshkentUSD12 004.48EUR13 155.71RUB146.56
+15.5°CToshkent$12 004.48 23.11.2026

Rossiya O‘zbekistonning beshta hududida kartoshkaning yangi navlarini sinashni taklif qildi

Jahon 18.11.2026 18:33 0Sputniknews
Rossiya O‘zbekistonning beshta hududida kartoshkaning yangi navlarini sinashni taklif qildi
TOShKENT, 18 noya — Sputnik. Rossiyaning Lorx nomidagi kartoshkachilik federal tadqiqot markazi O‘zbekistonning beshta hududida kartoshkaning yangi navlarini sinovdan o‘tkazishni taklif qildi. Bu haqda Toshkentda o‘tayotgan "Seleksiya va urug‘chilik bo‘yicha muloqot" davra suhbatida ma’lum qilindi, deb xabar bermoqda Sputnik O‘zbekiston muxbiri.
"Biz aynan sizning iqlimingiz nuqtayi nazaridan qiziqarli bo‘lgan yangi istiqbolli navlarimizni birgalikda sinovdan o‘tkazish uchun taqdim etishga tayyormiz", — dedi markazning yetakchi seleksioneri Aleksey Mitushkin.
Uning ta’kidlashicha, Rossiya tomoni qo‘shma seleksiya ishlarini olib borish, genetik materiallar va urug‘chilik sohasida tajriba almashishdan ham manfaatdor.
Shuningdek, tadbirda Rossiya nav sinash davlat komissiyasi O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi ekinlari navlarini sinash markaziga bug‘doy va kartoshkaning yangi navlari bo‘yicha uslubiy qo‘llanmalarni taqdim etdi.
"Buni hamkorlikka qo‘shilgan birinchi hissa deb hisoblaymiz", — dedi Rossiya nav sinash davlat komissiyasi raisi Dmitriy Batusov nashrlarni topshirish chog‘ida.
U Rossiya tomoni navlarni sinovdan o‘tkazish va mutaxassislar tayyorlash sohalarida ham o‘zbekistonlik hamkasblari bilan tajriba almashishga tayyorligini bildirdi.
Mazkur takliflar Rossiya "Agroeksport" markazi tomonidan Toshkentda tashkil etilgan ishbilarmonlik missiyasi doirasida muhokama qilindi.

O‘xshash yangiliklar