23.11.2026, Dushanba+15.5°CToshkentUSD12 004.48EUR13 155.71RUB146.56
+15.5°CToshkent$12 004.48 23.11.2026

"Sputnik"da "YeOIIda ishlash", "aqlli shaharlar" va sun’iy intellekt muhokama qilinadi

Boshqa 16.11.2026 12:40 0Sputniknews
"Sputnik"da "YeOIIda ishlash", "aqlli shaharlar" va sun’iy intellekt muhokama qilinadi
Sputnik xalqaro multimedia matbuot markazida "YeOII mamlakatlarining raqamli loyihalari" mavzusida Moskva — Minsk — Ostona — Bishkek — Yerevan — Toshkent videoko‘prigi bo‘lib o‘tadi.
Moskvadan ishtirokchi:
- Yevroosiyo taraqqiyot banki boshqaruvi raisi o‘rinbosari, bankning Raqamli tashabbuslar jamg‘armasi kuratori Tigran Sarkisan.
Tadbirda Yevroosiyo taraqqiyot banki Raqamli tashabbuslar jamg‘armasining 2026-yildagi faoliyati, YeOII mamlakatlarida amalga oshirilayotgan raqamli loyihalar natijalari va sun’iy intellektning Yevroosiyo integratsiyasiga ta’siri muhokama qilinadi.
Shuningdek, sun’iy intellektdan "YeOIIda ishlash" platformasida foydalanish imkoniyatlari va "aqlli shaharlar" sohasidagi hamkorlik istiqbollariga e’tibor qaratiladi.
Tadbir 24-noyabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 15:00 da boshlanadi.

O‘xshash yangiliklar