23.11.2026, Dushanba+16.4°CToshkentUSD12 004.48EUR13 155.71RUB146.56
+16.4°CToshkent$12 004.48 23.11.2026

Tramp Eron kemalarini cho‘ktirish bilan tahdid qildi, Tehron javob qaytardi

Boshqa 23.11.2026 14:41 0Sputniknews
Tramp Eron kemalarini cho‘ktirish bilan tahdid qildi, Tehron javob qaytardi
TOShKENT, 23 noya — Sputnik. Eron AQSh tomonidan joriy etilgan dengiz qamaliga qarshi barcha mavjud vositalardan foydalanmoqchi. Bu haqda Eron Tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi Ismoil Baqoiy 23-noyabrdagi matbuot anjumanida ma’lum qildi, deb xabar berdi Reuters.
Ushbu bayonot AQSh prezidenti Donald Tramp Eron kemalarini cho‘ktirish bilan tahdid qilganidan keyin yangradi.
Tramp 22-noyabr kuni Fox News telekanaliga bergan intervyusida Eron kemalari Amerika dengiz qamalini yorib o‘tishga harakat qilsa, ular cho‘ktirilishini bildirdi.
"Ular buni qilib ko‘rishini istayman. U holda barchasi Eron flotining qolgan qismi kabi dengiz tubiga g‘arq bo‘ladi", — dedi Tramp.
Shuningdek, AQSh rahbari Tehron bilan muzokaralar natija bermasa, Yangi yildan keyin Eronga harbiy zarbalarni qayta boshlashga moyil ekanini ma’lum qildi.
AQSh Eron nefti eksportiga qarshi dengiz qamalini 13-aprelda joriy etgan edi. Iyunda Vashington va Tehron o‘rtasida dastlabki kelishuvga erishilgach, cheklov vaqtincha bekor qilindi. Biroq muzokaralar muvaffaqiyatsiz yakunlangach, 14-iyulda qamal qayta tiklandi.
18 noyabrda AQSh Markaziy qo‘mondonligi dengiz qamali qoidalarini yanada kuchaytirdi. Yangi tartibga ko‘ra, Eron portlaridan yuk olgan kemalardan dengizda mahsulot qabul qilgan boshqa kemalar ham qamalni buzuvchi sifatida baholanishi mumkin.
Amerika harbiylari bunday kemalarni to‘xtatish, tekshirish, yo‘nalishini o‘zgartirish yoki musodara qilish, zarur hollarda esa kuch ishlatish imkoniyati haqida ogohlantirgan.
So‘nggi kunlarda Ho‘rmuz bo‘g‘ozida tankerlarga hujumlar va portlashlar kuzatilmoqda. Reuters ma’lumotlariga ko‘ra, ushbu hodisalar ortidan dam olish kunlari bo‘g‘oz orqali kemalar qatnovi sekinlashgan.

O‘xshash yangiliklar