23.11.2026, Dushanba+15.5°CToshkentUSD12 004.48EUR13 155.71RUB146.56
+15.5°CToshkent$12 004.48 23.11.2026

Tramp Si Szinpin aeroportda shaxsan kutib olgan birinchi xorijiy rahbar bo‘ldi

Jahon 18.11.2026 19:09 0Sputniknews
Tramp Si Szinpin aeroportda shaxsan kutib olgan birinchi xorijiy rahbar bo‘ldi
TOShKENT, 18 noya — Sputnik. Xitoy rahbari Si Szinpin AQSh prezidenti Donald Trampni Shenchjen aeroportida shaxsan kutib oldi. Ikki davlat rahbari qo‘l berib ko‘rishdi va quchoqlashdi, deb xabar berdi Sinxua agentligi.
"Reuters" ma’lumotiga ko‘ra, Si Szinpin Xitoy rahbari bo‘lganidan buyon ilk bor xorijiy davlat rahbarini aeroportda shaxsan kutib oldi. Bu Trampning sentabr oyida Si Szinpinni AQShga tashrifi chog‘ida xuddi shunday kutib olganiga javob bo‘ldi.
Tramp Xitoyga 18–19 noyabr kunlari o‘tayotgan Osiyo-Tinch okeani iqtisodiy hamkorligi (OTIH) sammitida ishtirok etish uchun keldi.
19 noyabrda AQSh, Rossiya va Xitoy rahbarlarining ilk uch tomonlama uchrashuvi o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Muzokaralarda yadroviy qurollarni qisqartirish, Eron atrofidagi vaziyat, xalqaro xavfsizlik va savdo-iqtisodiy munosabatlar muhokama qilinishi kutilmoqda.
Tramp Ukraina mojarosini ham Putin va Si Szinpin bilan muhokama qilish niyatini bildirgan. Uning fikricha, mojaroni hal etish bo‘yicha kelishuvga erishish imkoniyati yaqinlashmoqda.
Shuningdek, AQSh va Xitoy rahbarlari alohida muzokaralar o‘tkazishi rejalashtirilgan. Ularda savdo bojlari, yuqori texnologiyalar va sun’iy intellekt sohasidagi raqobat asosiy masalalardan bo‘lishi kutilmoqda.

Avvalroq Putin va Si Szinpin Shenchjenda ikki tomonlama muzokara o‘tkazgan edi.

OTIH 21 ta iqtisodiyotni birlashtiradi. Ular hissasiga jahon iqtisodiy faoliyatining qariyb 60 foizi to‘g‘ri keladi.

O‘xshash yangiliklar