23.11.2026, Dushanba+15.5°CToshkentUSD12 004.48EUR13 155.71RUB146.56
+15.5°CToshkent$12 004.48 23.11.2026

Vashingtonning tarixiy bog‘ida Mirziyoyev sovg‘a qilgan o‘zbek ayvonlari o‘rnatildi

Boshqa 17.11.2026 10:36 0Sputniknews
Vashingtonning tarixiy bog‘ida Mirziyoyev sovg‘a qilgan o‘zbek ayvonlari o‘rnatildi
TOShKENT, 17 noya — Sputnik. Vashingtondagi West Potomac Park hududida O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Donald Tramp va Amerika xalqiga sovg‘a qilgan ikkita an’anaviy o‘zbek ayvoni o‘rnatildi. Ular haqida AQSh Milliy parklar xizmati saytida ma’lumot berilgan.
Ayvonlar AQSh mustaqilligining 250-yilligi va O‘zbekiston mustaqilligining 35-yilligiga bag‘ishlangan. Tramp ularni Amerika xalqi nomidan qabul qilgan.
Milliy parklar xizmatiga ko‘ra, o‘zbekistonlik ustalar har bir ayvonni 200-yillik tog‘ yong‘og‘i daraxtlari yog‘ochidan yasagan. Ustunlar o‘ymakorlik, tom qismlari esa murakkab naqshlar bilan bezatilgan. Yog‘och bezaklarni yorituvchi energiya tejamkor LED chiroqlar ayvonlarga kechqurun o‘zgacha ko‘rk bag‘ishlaydi.
© Natsionalnaya parkovaya slujba SShAV Vashingtone ustanovili dve uzbekskie ayvani, podarennie Mirziyoyevim
V Vashingtone ustanovili dve uzbekskie ayvani, podarennie Mirziyoyevim - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 17.11.2026
V Vashingtone ustanovili dve uzbekskie ayvani, podarennie Mirziyoyevim
© Natsionalnaya parkovaya slujba SShA
Saytda mazkur inshootlar tashrif buyuruvchilarga o‘zbek hunarmandchiligi, madaniyati va mehmondo‘stligi bilan tanishish imkonini berishi ta’kidlangan.
© Sosseti F.SidikovaV Vashingtone ustanovili dve uzbekskie ayvani, podarennie Mirziyoyevim
V Vashingtone ustanovili dve uzbekskie ayvani, podarennie Mirziyoyevim - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 17.11.2026
V Vashingtone ustanovili dve uzbekskie ayvani, podarennie Mirziyoyevim
© Sosseti F.Sidikova
O‘zbekistonning AQShdagi elchisi Furqat Siddiqov ham ijtimoiy tarmoqda ayvonlar o‘rnatilganini ma’lum qildi. Uning bildirishicha, ular sayyohlar uchun o‘zbek madaniyati va san’ati bilan tanishish, AQShdagi o‘zbek diasporasi uchun esa milliy an’analarni saqlash va madaniy tadbirlar o‘tkazish maskani bo‘lib xizmat qiladi.

West Potomac Park — Vashingtondagi tarixiy bog‘ bo‘lib, uning hududida Avraam Linkoln, Tomas Jefferson va Martin Lyuter King yodgorliklari joylashgan. Bog‘ Taydl-Beysin suv havzasi atrofidagi sakura daraxtlari bilan ham mashhur. Bu yerda AQSh tarixiga bag‘ishlangan muhim memoriallar va sayr maskanlari jamlangan.

KengaytirishYig‘ishtirish

O‘xshash yangiliklar