23.11.2026, Dushanba+16.4°CToshkentUSD12 004.48EUR13 155.71RUB146.56
+16.4°CToshkent$12 004.48 23.11.2026

Amir Temur va jadidlar: tarixiy xotira va milliy davlatçilik ğoyasi

Madaniyat 23.11.2026 11:00 0Uza
Amir Temur va jadidlar: tarixiy xotira va milliy davlatçilik ğoyasi

Prezidentimizning 2026-yil 5-fevralda qabul qilingan «Buyuk davlat arbobi va sarkarda, ilm-fan, madaniyat va sanʼat homiysi Sohibqiron Amir Temur tavalludining 690 yilligini keng nişonlaş töğrisida»gi qarori jahongir bobomizning boy merosini teran anglaş, uni ilmiy jihatdan örganiş va keng tarğib etişda muhim asos bölib xizmat qilmoqda.

Mazkur hujjat asosidagi Temuriylar davri tarixini tizimli örganiş va ilmiy natijalarni keng tarğib etiş böyiça 2030-yilgaça möljallangan «Yöl xaritasi»da ham muhim vazifalar belgilangan.

Xususan, «Amir Temur va temuriylar tarixi jadidlar ilmiy merosida» asarini yaratiş, unda Abdurauf Fitratning Amir Temur haqidagi şeʼrlarini tahlil qiliş, jadidlarning Amir Temur va temuriylar tarixiga oid maqolalarini aniqlaş hamda örganiş ustuvor yönalişlardan biri sifatida qayd etilgan. Xöş, bu yönalişda olimlarimiz tomonidan qanday ilmiy tadqiqotlar olib borilmoqda? Jumladan, Abdurauf Fitrat ijodida Sohibqiron Amir Temur obrazi qanday örin tutadi? Taraqqiyparvar adibning «Yurt qayğusi» turkumidagi asarlarida bu tarixiy şaxsning davlatçilik merosi qay tarzda talqin etilgan?

Özbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Tarix instituti direktorining ilmiy işlar böyiça örinbosari, tarix fanlari doktori Dilnoza Jamolova bu boradagi ilmiy izlanişlar yuzasidan ÖzA muxbiriga quyidagilarni sözlab berdi.

— Abdurauf Fitrat ijodida Amir Temur öziga xos örin tutadi. Şu haqda fikringizni bilmoqçi edik.

— Fitratning 1917-yilda «Hurriyat» gazetasida eʼlon qilingan «Yurt qayğusi» turkumi Rossiya imperiyasida siyosiy özgarişlar yuz bergan, jadidlar örtasida milliy davlatçilikni tiklaş masalalari qizğin muhokama qilinayotgan bir şaroitda yaratilgan. Fitratning aynan Amir Temur şaxsiga murojaat qilişi, albatta, bejiz emas. Uning uçun Amir Temur, avvalo, davlatçilik qudrati, mustaqil siyosiy iroda va milliy masʼuliyat timsoli edi.

XIV asrning ikkinçi yarmida Movarounnahrda hukm surgan siyosiy tarqoqlik va özaro kuraşlar şaroitida Amir Temur markazlaşgan davlat barpo etib, Samarqandni ulkan saltanatning siyosiy markaziga aylantirdi. Uning hukmronligi davrida davlat boşqaruvi, harbiy taşkilotçilik, taşqi siyosat va diplomatik munosabatlar yangi bosqiçga kötarildi. Turonning xalqaro siyosiy mavqei mustahkamlanib, savdo-sotiq, hunarmandçilik, meʼmorçilik va şaharsozlik rivoji uçun keng imkoniyatlar yaratildi. Temur davrida şakllangan siyosiy va madaniy muhit keyinçalik Şohrux, Mirzo Uluğbek va boşqa temuriylar faoliyatida ham davom ettirildi.

Fitratning «Ey, uluğ Turon, arslonlar ölkasi!» deb boşlanuvçi soçmasida Amir Temur Çingizxon, Öğuz va Otilla bilan bir qatorda tilga olinadi. Fitrat uçun ularning muştarak jihati yirik davlatlar tuzgani va öz davrining siyosiy jarayonlariga katta taʼsir körsatganidir.

Soçmada Turonning ötmişdagi yuksak mavqei bilan mustamlaka şaroitidagi ayançli ahvoli özaro qiyoslanadi. «Qani u çiqdiğing yuksak örinlar? Qullik çuqurlariğa nedan tuşding?!» degan savol orqali muallif tarixiy davlatçilikning boy berilişini asosiy muammo sifatida kötaradi. Fitrat mazkur tanazzulni, avvalo, siyosiy birlikning zaiflaşuvi bilan boğlaydi. Uning «Eski davlating, eski saltanating, eski yigitlaring, eski arslonlaring hammasi bor» degan fikri esa zamondoşlariga ötmişdagi qudratni yuzaga keltirgan salohiyat hali butunlay yöqolmaganini eslatişga qaratilgan.

«Yurt qayğusi» turkumidagi «Bir özbek tilidan» soçmasida Fitrat mustamlaka şaroitidagi Turkiston ahvolini tasvirlaş bilan birga, uning bunday holatga tuşib qolişida jamiyatning masʼuliyati masalasini ham kötaradi. Vatanni oğir ahvolga tuşgan ona siymosida gavdalantirib, «Bolalaring seni şu holdami qöydilar?» degan savolni örtaga taşlaydi. Bu esa muallifning tanqidiy qaraşlarini yaqqol namoyon etadi.

— Fitratning Amir Temurga oid asarlaridagi qaraşlarini qanday baholagan bölar edingiz?

— Fitrat siyosiy qaramlikni faqat taşqi bosqinçilik oqibati sifatida izohlamaydi. U ilm-maʼrifatdan uzoqlaşiş, içki kelişmovçiliklar va jamiyatning öz manfaatlarini himoya qilişda sustkaşlik körsatişini ham tanazzulning muhim omillari sifatida baholaydi.

Amir Temur davlatçiligiga munosabat «Yurt qayğusi (Temur oldinda)» soçmasida yanada yorqin namoyon böladi. «Hurriyat» gazetasida eʼlon qilingan uşbu asarda Fitrat Amir Temur maqbarasi oldida turgan şaxs nomidan söz yuritadi. Muallif özini mustaqil davlatçilik merosiga ega bölgan, ammo uni saqlab qola olmagan avlod vakili sifatida namoyon etadi. Temur davridagi siyosiy qudratni öz zamonasi bilan qiyoslab, davlat mustaqilligining yöqotilişini milliy tarixdagi eng oğir fojialardan biri sifatida baholaydi.

«Turkga berdiking şaraf talandi. Turk içun qöydiğing davlat bitdi, turk otiğa qurdiğing xoqonliq yağmoğa ketdi» degan murojaatda Amir Temurning tarixiy xizmatlari davlat barpo etiş, siyosiy hokimiyatni mustahkamlaş va xalqaro nufuzga erişiş bilan boğlanadi. Fitratning nazariça, Temurdan keyingi avlodlar ana şu ulkan merosning siyosiy asoslarini saqlab qolişga muvaffaq bölmagan.

Fitratning Amir Temurga munosabatida yana bir muhim jihat bor. U buyuk sarkardani öz davrida yetişmayotgan qatʼiy siyosiy iroda va davlatçilik tafakkurining namunasi sifatida qabul qiladi. Amir Temur Movarounnahrda hokimiyat uçun kuraşlar keçayotgan şaroitda markazlaşgan boşqaruvni qaror toptirgan bölsa, 1917-yilda Turkiston ziyolilari milliy manfaatlarni himoya qiliş va siyosiy özini özi boşqarişga erişiş vazifasi oldida turgan edi. Albatta, bu ikki davrning davlat tuzumi va siyosiy şaroiti bir-biridan tubdan farq qiladi. Biroq Fitrat ular örtasida milliy davlatçilik va siyosiy mustaqillikka intiliş nuqtai nazaridan muayyan tarixiy muştaraklikni köradi.

Asarning eng taʼsirçan örinlaridan biri Fitratning Turkistonda yuz bergan tanazzul uçun özini ham masʼul deb bilişidir: «Saning Turoningni özim talatdim, saning turkingni özim ezdirdim, saning omonatlaringga xiyonat özim qildim».

Bu iqror muallifning şaxsiy hayotida sodir etgan muayyan xatosini emas, balki butun avlod nomidan tarixiy masʼuliyatni zimmasiga olişini ifodalaydi. Fitrat özini Amir Temur davlatçiligi merosining maʼnaviy vorisi deb bilgani bois, uning keyingi taqdiriga ham bevosita daxldorlik hissini tuyadi. U zamondoşlarining befarqligi, tarqoqligi va milliy manfaatlar yölida yetarliça harakat qilmayotganini ham keskin tanqid qiladi. Ayniqsa «Man uç kunlik umrimni tinçgina yotib ötkazmoqçi bölmasa edim» mazmunidagi iqrorida şaxsiy osoyiştalikni umummilliy manfaatlardan ustun qöyiş jamiyatning zaiflaşuviga olib keluvçi omillardan biri sifatida talqin etiladi.

Fitrat Amir Temur davlatçiligiga baho berişda uning qatʼiyatli boşqaruvi va davlat manfaatlarini himoya qiliş borasidagi faoliyatini ham alohida taʼkidlaydi. Soçmada Temurga murojaat qilib, uning merosiga xiyonat qilganlarni jazolaşga çaqirişi muallifning siyosiy qaraşlaridagi keskinlikni namoyon etadi.

«Temur oldinda» soçmasidagi murojaat faqat ötmişdagi yöqotişlardan afsuslaniş bilan çeklanmaydi. Fitrat özining tarixiy burçini bajarişga qatʼiy ahd qilganini bildirib, Amir Temur oldida qasam içadi: «Turonning eski şaraf va uluğliğini qaytarmasdan burun ayoğdan öturmasman».

Bu qasamda muallifning asosiy maqsadi — mustamlaka şaroitida zaiflaşgan milliy siyosiy irodani uyğotiş, davlatçilik merosiga ega xalqning öz taqdirini özi belgilaş huquqini taʼkidlaş va zamondoşlarini faol harakatga undaş ğoyasi — mujassam.

«Yurt qayğusi» turkumining 1917-yil 29-dekabrda «Hurriyat» gazetasida eʼlon qilingan şeʼrida ham ana şu ğoyalar davom ettiriladi. Biroq bu safar Fitrat tarixiy xotirani nasriy murojaat va içki monolog orqali emas, balki ixçam şeʼriy şaklda ifodalaydi. Şeʼrning dastlabki misralarida Vatan ona timsolida gavdalantirilib, uning ozodligi yölida şaxsiy hayot, nomus, vijdon va imonni fido qilişga tayyorlik tuyğusi ifoda etiladi: «Onam! Seni qutqarmoq uçun jonmi kerakdir? Nomusmi, vijdon bila imonmi kerakdir? Temur bila Çingiz qoni toşdi tomrimizdan, Aytgil! Seni qutqarmoq uçun qonmi kerakdir?»

Fitrat bu örinda Amir Temur nomini keltiriş orqali zamondoşlarini ajdodlarining tarixiy salohiyati va siyosiy qudratiga munosib bölişga undaydi. Qon timsoli esa avlodlar örtasidagi tarixiy boğliqlik, fidoyilik va milliy şaraf ğoyalarini ifodalaşga xizmat qiladi.

Şunday qilib, Fitratning «Yurt qayğusi» turkumi jadidlar ilmiy-adabiy merosida Amir Temur va temuriylar davri tarixiy xotirasi milliy özlikni anglaş, siyosiy mustaqillikka intiliş va jamiyatning tarixiy masʼuliyatini belgilaş vositasiga aylanganini körsatadi. Muallif Amir Temur obrazi orqali ötmişdagi buyuk davlatçilik anʼanalarini eslatiş bilan birga, zamondoşlarini milliy birlik, maʼrifat va ozodlik yölida faol harakat qilişga daʼvat etadi.

Binobarin, Fitrat ijodida Amir Temur faqat tarixiy qahramon emas, balki milliy ğurur, mustaqil davlatçilik tafakkuri va tarixiy masʼuliyatning ramzi sifatida namoyon böladi.

— Suhbat uçun taşakkur!

ÖzA muxbiri Nazokat Usmonova yozib oldi.

O‘xshash yangiliklar