KXDR Şveysariya diplomatik vakolatxonasini yopadimi?

Muassasa rahbari Silven Aste “istalmagan şaxs” – “persona non grata” deya eʼlon qilindi va unga 48 soat içida mamlakatni tark etiş talabi qöyildi.
Voqeaga Şimoliy Koreyadagi “Songdovon” xalqaro bolalar oromgohi sanksiya röyxatiga kiritilişi sabab böldi. Şveysariya uşbu dam oliş maskanini ukrainalik bolalar majburiy olib çiqib ketilişi bilan boğliq xabarlarga aloqador deya baholagan.
KXDR yetakçisi Kim Çen Inning singlisi Kim Yo Çjon bu xulosani keskin qoralab, “duşmanlik işorasi” sifatida baholadi va Taşqi işlar vazirligiga vakolatxonani yopiş masalasini körib çiqiş böyiça tavsiya berişini aytdi.
Mazkur qaror Yevropa Komissiyasi tomonidan Rossiyaga qarşi yangilangan sanksiya töplamidan keyin qabul qilingan. “Yonhap” agentligi maʼlumotiga köra, avvalroq Ukraina ommaviy axborot vositalarida ikki nafar ukrainalik bola rossiyalik harbiylar tomonidan olib ketilib, “Songdovon”ga joylaştirilgani haqida xabarlar tarqalgan edi.
F.Yaxşiboyeva, ÖzA



