Yevroparlament 2027-yil byudjetini muhokama qildi

Bolgariya telegraf agentligi xabariga köra, Byudjet qömitasi raisi Yoxan Van Overtvelt byudjet parametrini eslatib, asosiy eʼtibor çegaralarni himoya qiliş va ilmiy-tadqiqot işlariga qaratilganini taʼkidladi. Uning sözlariga köra, mudofaa va xavfsizlikka 3 milliard yevro yönaltirilgan.
– Hozir köp yillik çegaradan çetga çiqib qoldik, endi muvozanat vaqti keldi – nafaqat qança mablağ sarflanayotgani, balki pul nimaga ketayotganini ham körib çiqiş şart, – deya qöşimça qilgan Overtvelt.
Maʼruzaçi Nils Uşakovs aytişiça, uzoq davom etgan yaraştiriş majlislari samara bergan. Erişilgan natijalar orasida fermerlar va taşkilot xodimlarini qöllab-quvvatlaş, çegarani boşqariş, transport, içki xavfsizlik, harbiy safarbarlik, fuqaro muhofazasi, prokuratura hamda LIFE dasturi uçun mablağ bor.
Mixalis Xadjipantela esa kelişuvni "muvozanatli" deya taʼrifladi. Yaʼni, byudjet faqat raqamda emas, balki fuqarolar uçun belgilangan ustuvor yönaliş va maqsadda ham aks etadi.
A.Mamatov, ÖzA



