Osiyo davlatlari transçegaraviy tölov böyiça hamkorlikni kengaytiradi

Bu haqda payşanba kuni Yaponiyaning Kioto şahrida bölib ötgan ASEAN+3 guruhi vakillari uçraşuvida maʼlum qilindi. Yiğilişda moliya vazirlari va markaziy bank rahbarlari örinbosarlari ayni yönalişda iş olib boriş uçun maxsus işçi guruh tuzişga qaror qildi.
Taşabbus milliy tölov tizimidan boşqa mamlakatlarda ham foydalaniş imkoniyatini kengaytiradi. Raqamli tölovga talab ortayotgan bir payt, xalqaro pul ötkazmasini tez va qulay amalga oşirişga yordam beradi. Muloqot davomida tabiiy ofat va pandemiya kabi favqulodda vaziyatlarda mablağni tezkor ajratiş imkonini beruvçi yangi kreditlaş mexanizmi joriy etilgani qayd etildi.
Mazkur mexanizm 240 milliard dollarlik mintaqaviy valyuta tizimi “Çiangmay taşabbusi”ni qöllab-quvvatlovçi yangilangan kelişuv doirasida amal qiladi. Kiotoda erişilgan kelişuv tafsiloti 2027-yil may oyida Nagoya şahrida bölib ötadigan moliya vazirlari va markaziy bank rahbarlari yiğilişida taqdim etiladi.
ASEAN+3 hamkorlik tuzilmasi Janubi-şarqiy Osiyo davlatlari assotsiatsiyasi 11 aʼzosi hamda Xitoy, Yaponiya va Janubiy Koreyani birlaştirgan.
F.Yaxşiboyeva, ÖzA



