28.11.2026, Shanba+10.9°CToshkentUSD12 002.10EUR13 166.30RUB146.02
+10.9°CToshkent$12 002.10 28.11.2026

Litva kompaniyasi Termizda jamoat transportini rivojlantiriş loyihasini amalga oşiradi

Iqtisod 27.11.2026 17:55 0Uza
Litva kompaniyasi Termizda jamoat transportini rivojlantiriş loyihasini amalga oşiradi

Prezident Şavkat Mirziyoyev 27-noyabr kuni transport-logistika sohasidagi investor va tadbirkorlar bilan uçraşuv ötkazdi. Unda transport infratuzilmasini modernizatsiya qiliş, sohaga investitsiya va zamonaviy texnologiyalarni jalb etiş, şuningdek, xususiy sektor iştirokini kengaytiriş masalalari muhokama qilindi. Uçraşuvda sözga çiqqan “Olego Transportas” direktori Olegas Radionovas bu boradagi rejalari, Özbekistondagi investitsiya muhiti va mahalliy mutasaddilar bilan hamkorlik haqida sözlab berdi.

–Avvalo, meni şaxsan şu yerga taklif qilganingiz uçun minnatdorlik bildiraman. Mamlakatingizda endi iş boşlayotgan investorman. Özbekistonda amalga oşirilayotgan islohotlar, yuz berayotgan özgarişlar meni juda qiziqtirdi. Ayniqsa, özim faoliyat yuritadigan yölovçi taşiş va transport xizmatlari sohasida katta imkoniyatlarni kördim.

Kompaniyamizga 30 yildan ortiq vaqt oldin asos solingan. Faoliyatimizni 20 ta avtobus bilan boşlaganmiz, bugungi kunda esa avtobuslarimiz soni 700 taga yetdi. Hozir kompaniyamiz Yevropa böylab, jumladan, Litva va Finlyandiyada ham yölovçi taşiş xizmatini körsatadi.

Şu bois töplagan tajribamizni Özbekistonda ham qöllaş istagi paydo böldi. Mamlakatingiz böylab safar qilib, bir neçta hududni örgandim va Surxondaryo viloyatida töxtaldim. Vazirlik va viloyat hokimi bilan muzokaralar ötkazib, hududga investitsiya kiritiş hamda işni Termiz şahridan boşlaşga kelişib oldik, – dedi investor.

Taʼkidlanişiça, hozirda Özbekiston Milliy banki kömagida Termizga elektrobuslar olib keliş böyiça işlar ketmoqda. Bu loyihaning birinçi bosqiçi hisoblanadi.

Keyinçalik viloyat hokimi tomonidan davlat-xususiy şeriklik asosida hamkorlik qiliş taklif etilgan. Çunki ayni paytda hududdagi avtobus parki zarar bilan işlamoqda. Loyihani samarali yölga qöyiş uçun zarur infratuzilmani yaratiş, jumladan, avtobuslarga texnik xizmat körsatiş, ularni yuviş şoxobçalari va xöjalik obʼektlarini quriş talab etiladi. Hozir bu yönalişda taşkiliy işlar olib borilmoqda.

Özbekistondagi hamkorlik muhiti haqida gapirar ekan, Olegas Radionovas mahalliy mutasaddilarning yondaşuvini alohida eʼtirof etdi.

–Meni hayratda qoldirayotgan narsa , vazirlik va hokimlik tomonidan körsatilayotgan yondaşuv. Bu menda haqiqatan ham ajoyib taassurot qoldirmoqda. Buning uçun rahmat,– dedi u.

Dilşod HAKIMOV,

ÖzA

O‘xshash yangiliklar