Quriliş va kommunal sohadagi yangi yondaşuvlarga bağişlangan xalqaro anjuman ötkazildi

“Quriliş va uy-joy kommunal xöjaligi sohasida yangiça yondaşuvlar” mavzusida III Xalqaro ilmiy-amaliy anjuman bölib ötdi. Quriliş va uy-joy kommunal xöjaligi vazirligi huzuridagi Kompetensiyani rivojlantiriş instituti tomonidan taşkil etilayotgan tadbirda barqaror şaharsozlik, boş rejalarni raqamlaştiriş, BIM texnologiyalari, sunʼiy intellekt, energiya samaradorligi, seysmik xavfsizlik hamda kommunal infratuzilmani modernizatsiya qiliş kabi beşta ustuvor yönaliş muhokama qilindi.
Anjumandan közlangan asosiy maqsad — quriliş va uy-joy kommunal xöjaligi sohasida zamonaviy yondaşuvlarni keng joriy etiş, ilğor xalqaro tajribalarni örganiş, ilmiy-amaliy hamkorlikni rivojlantiriş hamda soha oldida turgan dolzarb masalalarga innovatsion yeçimlarni muhokama qilişdan iborat.
Ziyovuddin Nuriddinov, Doniyor Yakubov,
Salimjon Obidjonov, ÖzA



