29.11.2026, Yakshanba+6.4°CToshkent$12 017.70€13 179.81₽146.39
+6.4°CToshkent$12 017.70 29.11.2026

Rivojlanayotgan mamlakatlarga xalqaro yordam rekord darajada kamaydi

Jahon 28.11.2026 23:42 0Uza
Rivojlanayotgan mamlakatlarga xalqaro yordam rekord darajada kamaydi

Germaniya, Fransiya, Buyuk Britaniya va Yaponiya ham xarajatni kamaytirdi. Bu özgariş kelgusi yillarda ham davom etişi mumkin.

Şu bilan birga xalqaro yordam modeli özgarmoqda. Ğarb mamlakatlari kömakni tobora köproq qaşşoqlikka qarşi kuraş vositasi emas, balki öz iqtisodiy va strategik manfaatini ilgari suriş yöli sifatida köryapti. Masalan, muhim resurslarga kirişdan tortib, migratsiyani nazorat qiliş va milliy biznesni qöllab-quvvatlaşgaça. Grantlar esa asta-sekin kredit va aralaş moliyalaştiriş bilan almaşmoqda.

Polşadagi yetakçi tahlil markazi PISM maʼlumotiga köra, yordam kamaytirilişi mablağ samaradorligini oşirib, rivojlanayotgan mamlakatlarni islohotga undaydi. Binobarin, ayni usul gumanitar inqirozni yuzaga keltirib, qarz muammosi va tengsizlikni kuçaytiriş tahdidini oşiradi.

Darvoqe, AQŞ va Yevropa donorlari çekinişi Xitoy, Hindiston, Turkiya va arab davlatlari yordam sohasida köproq taʼsirga ega bölişi ehtimolini paydo qiladi.

S.Rahimov, ÖzA

O‘xshash yangiliklar