Özbekiston va Iordaniya: bilim, tajriba va madaniyat muloqoti

Ayni jarayonning ahamiyati va istiqboli haqida “Şarqşunos tahlilçilar” intellektual klubi aʼzosi Muslimaxon Sultonaliyeva bilan suhbatlaşdik.
– Özbekiston va Iordaniya örtasida taʼlim, ilm-fan sohasidagi hamkorlik rivojlanişiga qanday omillar turtki beradi?
– Ikki mamlakat örtasidagi munosabat 1993-yil diplomatik aloqa örnatilgandan keyin izçil rivojlanmoqda. Dastlab hamkorlik asosan siyosiy-iqtisodiy yönalişda keçgan bölsa, keyingi yillarda taʼlim, ilm-fan va madaniyat sohalari ham muhim örin egallay boşladi. Bu jarayonda ikki xalqni boğlab turuvçi tarixiy va maʼnaviy yaqinlik alohida ahamiyat kasb etadi. Samarqand va Buxorodagi qadimiy ilm-fan markazlari islom sivilizatsiyasi rivojiga ulkan hissa qöşgan. Iordaniya ham tarixiy, diniy merosga boy. Ayni umumiylik taʼlim va ilmiy tadqiqot sohasida tajriba almaşiş, madaniy aloqani kengaytiriş uçun zamin yaratgan.
– 2025-yil Iordaniya Podşohining Özbekistonga taşrifi va 2026-yil noyabr oyida ötkazilgan rektorlar forumiga töxtalsak?
– 2025-yil avgust oyida Iordaniya Podşohi Abdulla II ibn al-Husaynning Özbekistonga davlat taşrifi ikki tomonlama munosabatning muhim bosqiçi böldi. Taşrif doirasida 15 hujjat imzolandi. Xususan, oliy taʼlim va ilmiy tadqiqot hamkorligiga oid bitim universitetlar örtasida bevosita aloqa örnatiş, qöşma tadqiqot olib boriş va mutaxassis almaşinuvini yölga qöyiş imkonini berdi. 2026-yil 17-18-noyabr kunlari Toşkentda ötkazilgan, şu yönalişdagi hamkorlikni amaliy bosqiçga olib çiqqan Oliy taʼlim taşkilotlari rektorlari birinçi forumida esa Iordaniyaning 16 universiteti rektorlari va Özbekistonning 19 oliy taʼlim muassasasi vakillari iştirok etdi. Xorij delegatsiyasiga Oliy taʼlim va ilmiy tadqiqot vaziri, professor Azmiy Mahofza boşçilik qildi. Anjuman doirasida özaro hamkorlik hujjatlari imzolanişi muhim natija böldi.
– Hamkorlik kelgusida qaysi yönalişlar böyiça kengayişi mumkin?
– Avvalo, universitetlar örtasidagi aloqani muntazam davom ettiriş muhim. Bu talabalar almaşinuvi, öqituvçilar xorij oliy taʼlim muassasalarida maʼruza öqişi, ikki mamlakat olimlari qöşma ilmiy loyihalarda iştirok etişi şaklida namoyon böladi. Tibbiyot va farmatsevtika sohalarida ham tajriba almaşiş, ilmiy izlanişni birlaştiriş imkoni bor. Şuningdek, tarixiy merosni örganişga qaratilgan ilmiy uçraşuv, madaniyat haftaligi, konsert va körgazma taşkil etiş xalqlarimiz örtasidagi özaro anglaşuvni mustahkamlaydi. Muhimi, erişilgan kelişuvlar qoğozda qolib ketmasligi, şu asosda aniq dastur va loyihalar amalga oşirilişi lozim. Taʼlim va ilm-fan sohasidagi muntazam aloqalar ikki mamlakat hamkorligini mazmunan yanada boyitadi.
Musulmon Ziyo suhbatlaşdi. ÖzA



