Ğayrioddiy issiq harorat davom etadimi? Ob-havo maʼlumoti
Joriy haftada kutilayotgan ob-havo maʼlumoti eʼlon qilindi. Bugun kunduzi Özbekiston hududining katta qismida yoğingarçiliksiz ob-havo saqlanib turadi. Faqat Qoraqalpoğiston Respublikasi va Xorazm viloyatining baʼzi joylarida yomğir yoğadi.
Respublikaning şimoli-ğarbiy hududlari hamda eng çekka janubidan taşqari, bugun keçga tomon va ertaga kunduzi respublikaning ayrim joylarida yomğir yoğişi mumkin. Keyinçalik iş haftasining oxirigaça Özbekiston böyiça yoğingarçiliksiz ob-havo bölişi kutilmoqda, faqat 26-noyabrda Qoraqalpoğiston Respublikasida, 26-noyabrda keçqurun va 27-noyabrga ötar keçasi Toşkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarining ayrim joylarida yomğir yoğadi. Harorat foni beqaror böladi, harorat kunduz kunlari 22–27 daraja iliqdan 10–15 daraja iliqqaça özgarib turadi. Harorat asosan keçalari 8–13 daraja iliq böladi.
Şarqiy şamol yönalişini özgartirib, ğarbdan 7–12 m/s tezlikda esadi, vaqti-vaqti bilan 13–18 m/s gaça kuçayişi, ayrim joylarda çang-tözonlar bilan kuzatilişi mumkin. 23-noyabrda baʼzi joylarda baʼzida 20–22 m/s gaça kuçayişi mumkin. Ayrim toğli hududlarda vaqti-vaqti bilan yoğingarçilik (yomğir, qor) böladi, 24 noyabrda kuçli bölişi mumkin.
Toşkentda bugun kunduzi yoğingarçilik kutilmaydi. Harorat 24–26 daraja iliq böladi. 24-noyabrda vaqti-vaqti bilan yomğir yoğadi. Kunduzgi harorat 15–17 daraja iliqqaça pasayadi. 25–27-noyabrda asosan yoğingarçiliksiz ob-havo böladi, faqat 26 noyabrda keçqurun va 27-noyabrga ötar keçasi yomğir yoğişi mumkin. Harorat kunduzi 25–26 noyabrda 19–24 daraja iliq böladi, 27-noyabrda 10–15 daraja iliqqaça pasayadi.



