Toşkentda havo ifloslanişiga taʼsir etuvçi omillar şakllanmoqda

Sönggi beş kun davomida Toşkent şahrida yoğingarçilikning kuzatilmagani, şamol tezligining nisbatan pastligi va havo almaşinuvining sustligi şahar atmosferasida ifloslantiruvçi moddalarning tarqalişini qiyinlaştirmoqda. Bu haqda «Özgidromet» xabar berdi.
Şu bilan birga, Qozoğiston hududidan havo oqimlari orqali transçegaraviy çang massalarining Toşkent viloyati va Toşkent şahri tomon kirib kelişi kuzatilmoqda.
Bu holat Özgidrometning Toşkent şahri böylab joylaştirilgan atmosfera havosi sifatini monitoring qiliş avtomatik stansiyalari maʼlumotlarida ham aks etmoqda. Xususan, poytaxt hududidagi stansiyalarda ifloslantiruvçi moddalar konsentratsiyasining sezilarli ortişi qayd etilmagani, biroq çegaraoldi avtomatik stansiyalarida 2026-yil 17–21-noyabr kunlari olingan monitoring natijalarida PM2.5 va PM10 çang zarraçalari miqdorining yuqori körsatkiçlari kuzatilgani çang massalarining taşqi hududlardan kirib kelayotganini körsatuvçi muhim dalillardan biridir.
Mazkur davrda, ayniqsa, «Sofiya» va «Green University» çegaraoldi monitoring stansiyalarida PM2.5 va PM10 zarraçalari konsentratsiyasining yuqori körsatkiçlari qayd etilgan.
Bundan taşqari, avtotransport vositalari, quriliş maydonlari va sanoat korxonalaridan çiqadigan taşlamalar ham atmosfera havosi sifatiga taʼsir etuvçi mahalliy omillar hisoblanadi.



