Burak O‘zchivitni muxlis kutilmaganda o‘pib oldi: Fahriye Evjenning munosabati muhokamalarga sabab bo‘ldi

Biroq voqeadan keyin eng ko‘p muhokama qilingan mavzulardan biri Burak O‘zchivitning turmush o‘rtog‘i, aktrisa Fahriye Evjenning munosabati bo‘ldi. Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan video ostida foydalanuvchilardan biri aktrisaning bu holatga qanday qarashi haqida izoh qoldirdi.
Kutilganidan farqli ravishda, Fahriye Evjen vaziyatga keskin munosabat bildirmadi. U mazkur izohga yurakcha emojisi bilan javob qaytardi. Aktrisaning qisqa va sokin munosabati foydalanuvchilar e’tiborini tortib, muhokamalarga yanada qiziq tus berdi.

Shu tariqa, muxlisning kutilmagan harakati bilan boshlangan voqea nafaqat Burak O‘zchivitning reaksiyasi, balki uning rafiqasi Fahriye Evjenning noodatiy javobi sabab ham ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokama qilinmoqda.



