Hindistonda soxta alkogoldan kamida 18 kishi vafot etdi, mingdan ortiq odam shifoxonada

Hindistonning Manipur shtatida soxta alkogoldan kamida 18 kishi halok bo‘ldi va mingdan ortiq fuqaro shifoxonalarga yotqizildi. Bu haqda ANI agentligiga shtat qonunchilik majlisidagi «Hind milliy kongressi» partiyasi fraksiyasi yetakchisi Megxachandra Singx ma’lum qildi.
Singxning so‘zlariga ko‘ra, ichimlik tarkibida metanol mavjud bo‘lib, u jabrlanganlarda jiddiy sog‘liq muammolarini, jumladan, buyrak faoliyati bilan bog‘liq og‘ir asoratlarni keltirib chiqargan.
Gospitalizatsiya dinamikasi va rasmiylar ogohlantirishi
Parlamentariyning qo‘shimcha qilishicha, juma kuni 600 kishi, shanba kuni ertalab esa yana 300 kishi tibbiyot muassasalariga yotqizilgan.
Shtat rasmiylari so‘nggi kunlarda kelib chiqishi shubhali bo‘lgan alkogolli ichimlik iste’mol qilgan yoki zaharlanish alomatlarini sezgan aholini kechiktirmasdan tibbiy yordam so‘rab murojaat qilishga chaqirdi. Shuningdek, o‘zbilarmonlik bilan davolanmaslik va shubhali ichimliklarning idish-qadoqlarini saqlab qo‘yish tavsiya etildi.



