24.11.2026, Seshanba+15.7°CToshkentUSD12 002.93EUR13 156.41RUB146.74
+15.7°CToshkent$12 002.93 24.11.2026

Chet davlatning harbiy xizmatiga kirgan o‘zbekistonliklar ozodlikdan mahrum qilinishi mumkin | Daryo

O'zbekiston 24.11.2026 15:55 0Daryo
Chet davlatning harbiy xizmatiga kirgan o‘zbekistonliklar ozodlikdan mahrum qilinishi mumkin | Daryo

Yuqoridagilardan kelib chiqib, Davlat xavfsizlik xizmati tomonidan ishlab chiqilgan tinchlik va insoniyatning xavfsizligiga qarshi ayrim toifadagi jinoyatlar uchun javobgarlik takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekistonning Jinoyat kodeksiga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisidagi qonun loyihasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga kiritilgan.

Qanday o‘zgarishlar taklif etilmoqda?

Jinoyat kodeksi 154-1-moddasi birinchi qismida Oʻzbekiston fuqarosining chet davlatlarning harbiy xizmati, xavfsizlik, politsiya, adliya va boshqa shunga oʻxshash boshqa organlarga xizmatga kirganligi uchun javobgarlikni kuchaytirish, xususan 3 yildan 5 yilgacha ozodlikni cheklash yoki shu muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi nazarda tutilmoqda.

Amaldagi kodeksda bu jinoyat uchun BHMning 300 baravarigacha miqdorda jarima yoki 3 yilgacha axloq tuzatish ishlari jazosi belgilangan.

Ushbu moddaning ikkinchi qismi boʻyicha Oʻzbekiston fuqarosini chet davlatning harbiy xizmatiga, xavfsizlik, politsiya, harbiy adliya organlari va shunga oʻxshash boshqa organlarga xizmatga yollaganlik uchun javobgarlikning huquqiy asoslari aniqlashtirilib, ushbu qilmish uchun ham javobgarlik kuchaytirilmoqda va 5 yildan 10 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi belgilanmoqda.

Amaldagi kodeksda bu jinoyat uchun 3 yildan 5 yilgacha ozodlikni cheklash yoxud 3 yildan 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi belgilangan.

Bundan tashqari, qonun loyihasi bilan Jinoyat kodeksi 154-moddasi ikkinchi qismiga ham tahririy tuzatishlar kiritilib, harbiy toʻqnashuv soʻzlari qurolli toʻqnashuvlar iborasiga oʻzgartirilib, ushbu modda birinchi va ikkinchi qismlardagi dispozitsiya normalari oʻzaro muvofiqlashtirilmoqda.

Quyi palata matbuot xizmatining bildirishicha, mazkur qonun loyihasining qabul qilinishi fuqarolarimizning xorijdagi qurolli mojarolarga jalb etilishining oldini olish, milliy xavfsizlikni ta’minlash, shuningdek, tinchlik va insoniyat xavfsizligiga qarshi qaratilgan jinoyatlarga qarshi kurashishning huquqiy mexanizmlarini mustahkamlashga xizmat qiladi.

O‘xshash yangiliklar