24.11.2026, Seshanba+15.7°CToshkentUSD12 002.93EUR13 156.41RUB146.74
+15.7°CToshkent$12 002.93 24.11.2026

Toshkent avtobuslarida yoʻl haqini toʻlamaganlardan 3,6 mlrd soʻmdan ortiq jarima undirildi | Daryo

O'zbekiston 24.11.2026 13:35 0Daryo
Toshkent avtobuslarida yoʻl haqini toʻlamaganlardan 3,6 mlrd soʻmdan ortiq jarima undirildi | Daryo

Toshkentdagi avtobuslarda yoʻl haqini toʻlamagan yo‘lovchilardan 3,6 mlrd soʻmdan ortiq jarima undirildi. Bu haqda Transport vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, 2026-yil 1–22-noyabr kunlari poytaxt avtobuslarida yoʻl haqini toʻlash qoidalariga rioya etilishi yuzasidan oʻtkazilgan nazorat tadbirlari natijasida 19 457 ta maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirildi. Bu kuniga oʻrtacha 884 ta qoidabuzarlik holati aniqlanganini anglatadi. Yil boshidan buyon esa rasmiylashtirilgan bayonnomalar soni 158 237 taga yetdi.

22-noyabr holatiga koʻra, kunlik hisobotda undirilgan jarimalar miqdori 3 661 906 503 soʻmdan oshgan. Shundan 449 893 078,5 soʻmi noyabr oyining dastlabki 22 kuniga toʻgʻri keladi.

Toshkent shahar transport va yo‘l-transport infratuzilmasini rivojlantirish bosh boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, avtobuslarda yo‘l haqini to‘lamasdan harakatlangan yo‘lovchilarning 70 foizdan ortig‘i 18–30 yoshdagi yo‘lovchilar hissasiga to‘g‘ri keladi. Bunday qoidabuzarliklarni ko‘proq erkaklar sodir qilayotgani aniqlangan. Ayrim yo‘lovchilar 10 martadan ortiq jarimaga tortilgan.

Yoʻl haqini to‘lamagan yo‘lovchilarga jarima miqdori

Yoʻl haqini toʻlamagan yoʻlovchiga nisbatan Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 144-moddasi (transportda chiptasiz yurish) 5-qismiga asosan maʼmuriy jarima qo‘llanadi. Unga ko‘ra, yoʻlovchining shahar ichida va shahar atrofiga qatnaydigan avtobusda chiptasiz yurishi BHMning 10 dan bir qismi (44 ming so‘m) miqdorida jarima solishga sabab boʻladi. Shu yilning avgustida avtobuslarda yo‘lkira to‘lamay yurganlarga jarimani 10 baravar oshirish taklif etilgandi.

O‘xshash yangiliklar