24.11.2026, Seshanba+15.5°CToshkentUSD12 004.48EUR13 155.71RUB146.56
+15.5°CToshkent$12 004.48 24.11.2026

Maosh 2500 yevrogacha: o‘zbekistonlik hamshiralarga Germaniyada ish taklif etildi | Daryo

O'zbekiston 23.11.2026 22:48 1Daryo
Maosh 2500 yevrogacha: o‘zbekistonlik hamshiralarga Germaniyada ish taklif etildi | Daryo

O‘zbekiston Migratsiya agentligi Globogate dasturi orqali o‘rta tibbiyot xodimlarini Germaniya klinikalariga ishga taklif qilmoqda. Bu haqda agentlik axborot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, dastlabki oylik ish haqi 1900 yevro (taxminan 25 mln so‘m), kasbiy malaka tan olingach esa 2500 yevro (taxminan 32,9 mln so‘m)ni tashkil etadi.

Nomzodlarga quyidagi talablar qo‘yilgan:

  • 20–36 yosh oralig‘ida bo‘lish;

  • uch yillik tibbiyot kolleji diplomiga ega bo‘lish;

  • ikki yillik ish tajribasiga ega bo‘lish;

  • sudlanmagan va sog‘lom bo‘lish.

Dastur ishtirokchilari uchun 10 oylik nemis tili kursi bepul tashkil etiladi. O‘qish davomida stipendiya va turar joy beriladi, B2 darajasidagi til sertifikatini olish xarajatlari qoplanadi.

Shuningdek, viza, aviachipta va hujjatlarni tarjima qilish xarajatlari ham qoplab beriladi. Arizalar xorijdaish.uz platformasi orqali qabul qilinadi. Qo‘shimcha ma’lumotni 1282 qisqa raqamidan olish mumkin.

18-noyabr kuni Germaniyaning Bildung & Beruf GmbH kompaniyasi o‘zbekistonlik hamshiralar uchun 24 ta ish o‘rni taklif qilgani xabar berilgandi. Ushbu ish o‘rinlarida oylik maosh soliqlar chegirilgandan keyin 1850–2050 yevroni tashkil etishi ma’lum qilingan edi.

O‘xshash yangiliklar