Prezident bortini Iordaniyada qiruvçi samolyotlar qöriqlab bordi (video)

Bugun, 23 noyabr kuni Prezident Şavkat Mirziyoyev rafiqasi hamrohligida davlat taşrifi bilan Iordaniyaga bordi. Malika Aliya nomidagi xalqaro aeroportda oliy martabali mehmonlarni Iordaniya podşohi Abdulla II ibn al-Husayn va malikasi Raniya al-Abdulla kutib oldi.
Özbekistonning birinçi raqamli bortini Iordaniya hududida F-16 Fighting Falcon qiruvçi samolyotlari qöriqlab bordi.
Ma’lumot uçun, General Dynamics F-16 Fighting Falcon – (“Jangovar loçin”) köp maqsadli yengil qiruvçi samolyot hisoblanadi. Törtinçi avlodga mansub uşbu qiruvçi AQŞda işlab çiqilgan bölib, yuqori manyovrliligi, elektron boşqaruv tizimi va keng körinişga ega fonari bilan ajralib turadi. U “havo-havo” va “havo-yer” sinfidagi boşqariluvçi raketalar, boşqariladigan hamda erkin tuşuvçi aviabombalar va 20 millimetrli M61A1 töpi bilan qurollana oladi, bu esa unga havo ustunligini ta’minlaşdan tortib yerdagi nişonlarga yuqori aniqlikda zarba berişgaça bölgan keng kölamli jangovar vazifalarni bajariş imkonini beradi. Iordaniya Podşohlik Harbiy-havo kuçlari ixtiyoridagi F-16 qiruvçilari parki bir neça bosqiçda şakllangan: 1997 yildan boşlab Peace Falcon dasturlari doirasida AQŞdan F-16A/B MLU rusumidagi samolyotlar olingan, keyinçalik Belgiya va Niderlandiya Harbiy-havo kuçlari zaxirasidan qöşimça F-16AM/BM qiruvçilari topşirilgan.



