24.11.2026, Seshanba+12.2°CToshkentUSD12 002.93EUR13 156.41RUB146.74
+12.2°CToshkent$12 002.93 24.11.2026

Qadimda mavjud bo‘lgan, ammo siri hanuz ochilmagan 7 ixtiro | Daryo

Jahon 24.11.2026 18:14 0Daryo
Qadimda mavjud bo‘lgan, ammo siri hanuz ochilmagan 7 ixtiro | Daryo

Doktor Farrox bu jumboq hech qachon yechilmasligi mumkinligini tan oladi, ammo uning taxminicha, panjagan miloddan avvalgi VI yoki VII asrlarda Xitoyda paydo bo‘lgan texnologiya — arbaletga o‘xshash qurol bo‘lgan.

5. Silfiy

Yunonlar va rimliklar uchun silfiy shunchaki o‘simlik emas, balki imperiyaning lazzati edi. Ular bu o‘simlikdan oziq-ovqat va dori-darmon tayyorlashda shu qadar ko‘p foydalanganki, oxir-oqibat u butunlay yo‘qolib ketgan bo‘lishi mumkin.

Silfiyga bo‘lgan qiziqishning asosiy sababi uning poyasi va ildizidan ajralib chiqadigan oltinrang smola edi. Shimoliy Afrikada o‘sadigan bu yovvoyi o‘simlikni ekib, yetishtirish juda qiyin bo‘lgan. Uni Shimoliy Amerikadagi baland o‘tloqlarda o‘sadigan kungaboqarga o‘xshash o‘simliklar bilan adashtirmaslik kerak.

Foto: Miloddan avvalgi VII asrda Kirenada silfiyni tortish va yuklash jarayoni tasvirlangan / Wellcome Trust

Dastlab silfiy Shimoliy Afrikada yig‘ib olingan. Keyinchalik uning sifati pastroq turlari Suriyada paydo bo‘lgan. Asl silfiy faqat qadimgi yunonlarning hozirgi Liviya sharqida joylashgan Kirena shahri atrofidagi, ekin ekish uchun yaroqsiz tor hududda o‘sgan.

Yetishtirishning imkoni bo‘lmagani uchun silfiy yovvoyi holda o‘sadigan noyob va qimmatbaho o‘simlik bo‘lib qolgan. Uning narxi hatto kumushning og‘irligiga teng bo‘lgan. Yuliy Sezar hatto uning ming funtdan ortig‘ini davlatning oltin zaxiralari bilan birga Rim xazinasida saqlagan. O‘simlikning yurak shaklidagi urug‘lari esa homiladorlikning oldini oluvchi vosita sifatidagi tanilgan.

Boy-badavlat rimliklar silfiyning o‘tkir hidli sharbatini maydalab, turli ekzotik taomlarga qo‘shish uchun katta mablag‘ sarflagan. Bu taomlar haqida Rim oshxonasining asosiy manbalaridan biri bo‘lgan, milodiy I asrga oid “Apitsiy” to‘plamida yozilgan. Unda ziravorni xurmo va sirka qo‘shib tayyorlangan quyuq sousga aralashtirib, to‘tiqush va flamingolarni pishirishda ishlatish usuli ham tasvirlangan. Silfiyning ta’mi garum deb ataladigan qadimgi baliq sousi, porey piyozi va sarimsoq ta’miga o‘xshagan. O‘sha davr mualliflari uning o‘ziga xos, mushkni eslatuvchi hidini va og‘izda qoladigan o‘tkir ta’mini yuqori baholagan.

Silfiyning yo‘qolib ketishiga odamlar uni haddan tashqari ko‘p yig‘ib olgani sabab bo‘lganmi yoki yo‘qmi — bu masala tarixchilar o‘rtasida hanuz bahsli. Mustaqil arxeologik tadqiqotchi Jens Yakobssonning taxminicha, milodiy I asr atrofida mintaqadagi tabiiy muhit o‘zgarishi, chorva mollarining yaylovlarda haddan tashqari ko‘payishi va Liviya yaqinidagi hududiy mojarolar mahalliy aholini silfiy yetishtirishdan voz kechishga majbur qilgan bo‘lishi mumkin.

Biroq bu o‘simlikning yo‘qolib ketishiga to‘sqinlik qilib bo‘lmagan. London universiteti arxeologi Erika Rouanning ta’kidlashicha, qadimgi Rim tabiatshunosi Pliniy Katta silfiyning yo‘qolib borayotganini o‘z hayotligidayoq kuzatgan. Bu insonlarning ochko‘zligi tabiatning imkoniyatlari bilan to‘qnashganda qanday oqibatlarga olib kelishini yaqqol ko‘rsatadi.

So‘nggi nazariyalarga ko‘ra, silfiy butunlay yo‘qolmagan, balki boshqa ko‘rinishda saqlanib qolgan bo‘lishi mumkin. Bunga Turkiyada qayta aniqlangan Ferula turkumiga mansub o‘simlik misol qilib keltirilmoqda.

O‘xshash yangiliklar