Xitoyda davlat sirlarini xorijiy razvedkaga sotgan amaldor ölim jazosiga hukm qilindi

Xitoy hukumati xorijiy davlat foydasiga josuslik qilgan va davlat sirlarini sotgan markaziy apparat amaldorini ölim jazosiga hukm qildi. Bu haqda Xitoy Davlat sirlarini himoya qiliş milliy boşqarmasi qoşidagi «Gold Wall Press» naşri maʼlumotlariga tayanib, The Guardian xabar berdi.
Amaldor qanday yollangan?
Familiyasi Ma ekani aytilayotgan amaldor çet davlatda xizmat safarida bölgan vaqtida nomaʼlum xorijiy razvedka xizmati vakillari tomonidan yollangan. Xabarda keltirilişiça, «Kaylin» ismli şaxs xitoy tilini örganişga qiziqiş bahonasida Ma bilan yaqin munosabat örnatgan va tez-tez uçraşuvlar taşkil qilgan.
Keyinçalik u amaldorni öz hamkasbi bilan taniştirgan. Razvedkaçilar dastlab berilgan maʼlumotlarni Xitoy hukumatiga oşkor qiliş bilan tahdid qilib, unga bosim ötkazgan. Natijada Ma maxfiylik va sadoqat bandlarini öz içiga olgan hamkorlik şartnomasini imzolagan.
Xitoyga qaytgaç, Ma öz xizmat mavqeidan foydalangan holda uzoq muddat davomida josuslik bilan şuğullangan. U kunduzi öz vakolati doirasidagi maxfiy hujjatlardan maʼlumotlar töplagan. Uyiga qaytgaç, ularni tizimlaştirib, josuslik veb-saytlari va öziga berilgan maxsus noutbuk orqali xorijga uzatib turgan.
Sud hukmi
Tergov maʼlumotlariga köra, Ma jami 100 dan ortiq razvedka hisobotlarini xorijga yuborgan. Ularning 35 tasi davlat siri darajasidagi öta maxfiy maʼlumotlar (jumladan, 9 tasi «maxfiy» va 26 tasi «xizmat doirasida foydalaniş uçun») deb topilgan. Amaldor uşbu faoliyati evaziga oylik maoş hamda maʼlumotlarning muhimlik darajasiga qarab qöşimça bonuslar körinişida jami 1 million yuandan ortiq (taxminan 150 ming AQŞ dollari) mablağ olgan.
Sud Mani ölim jazosiga hukm qilgan va uning barça şaxsiy mol-mulkini musodara qiliş haqida qaror çiqargan. Biroq rasmiy bayonotda u işlagan taşkilot, maʼlumotlar qaysi davlatga sotilgani, sud qaçon bölib ötgani va hukm ijro etilgan-etilmagani oçiqlanmagan.
South China Morning Post naşrlarining qayd etişiça, Xitoy sudlari odatda davlat xavfsizligiga oid işlar tafsilotlarini oşkor qilmaydi. Biroq sönggi yillarda Pekin Ğarb davlatlari, xususan AQŞ) bilan razvedka sohasidagi raqobat kuçaygani fonida amaldorlarni huşyorlikka çaqiriş maqsadida bunday holatlarni keng yorityapti.



