Rossiyada qiyin vaziyatga tushib qolgan o‘zbekistonliklar vatanga qaytarildi | Daryo

Rossiyaning Vladivostok va Xabarovsk shaharlarida ishlash vaqtida moddiy qiyinchiliklarga duch kelgan o‘zbekistonliklarga amaliy yordam ko‘rsatildi. Bu haqda “Dunyo” axborot agentligi xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, sirdaryolik T.S., buxorolik M.O. va namanganlik T.X. hamda uning farzandlari Migratsiya agentligi jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan O‘zbekistonga qaytarilgan.
Qayd etilishicha, O‘zbekistonning Vladivostok shahridagi konsullik muassasasi xorijda mehnat qilayotgan va vaqtincha istiqomat qilayotgan O‘zbekiston fuqarolarining muammolarini hal etish ishlarini davom ettiradi.
Avvalroq Chexiyada og‘ir moliyaviy ahvolga tushib qolgan o‘zbekistonlik vatanga qaytarilgani haqida xabar berilgandi.



