Şavkat Mirziyoyev Iordaniya podşohi Abdulla II bilan muzokara ötkazdi

Prezident Şavkat Mirziyoyev 24-noyabr kuni Iordaniya podşohi Abdulla II ibn al-Husayn bilan Ammon şahridagi «Al-Husayniya» saroyida kengaytirilgan tarkibda muzokara ötkazdi.
Rasmiy delegatsiyalar aʼzolari iştirokida ötgan uçraşuvda ikki mamlakat örtasidagi döstlik va köp qirrali aloqalarni yanada rivojlantiriş hamda hamkorlikni sifat jihatidan yangi bosqiçga olib çiqiş masalalari muhokama qilindi.
Siyosiy muloqotlar va idoralararo almaşinuvlar faollaşgani, özaro savdo hamda investitsiyalar hajmi barqaror ortib borayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi.
Amaliy hamkorlikning ustuvor yönalişlari sifatida savdo, investitsiya, transport va logistika, toğ-kon sanoati, qişloq xöjaligi, töqimaçilik, soğliqni saqlaş hamda farmatsevtika sohalari körsatib ötildi.
Imtiyozli savdo bitimini imzolaş, özaro savdo hajmini kelgusida 500 million dollarga yetkaziş masalasiga alohida töxtalindi.
Madaniy-gumanitar aloqalarni yanada rivojlantiriş uçun madaniyat va sanʼat haftaliklarini ötkaziş, diniy-maʼrifiy yönalişda tajriba almaşiş, sayyohlik almaşinuvini kengaytiriş, qadimiy şaharlar örtasida birodarlik aloqalarini örnatiş maqsadga muvofiqligi taʼkidlandi.
Xalqaro va mintaqaviy ahamiyatga molik dolzarb masalalar yuzasidan ham fikr almaşildi. Birlaşgan Millatlar Taşkiloti, Islom hamkorlik taşkiloti, Qöşilmaslik harakati, «Aqaba jarayoni» formati va boşqa nufuzli tuzilmalar doirasida özaro qöllab-quvvatlaş amaliyotini davom ettiriş muhimligi qayd etildi.
Davlat rahbarlari Özbekiston va Iordaniya örtasidagi anʼanaviy döstlik va özaro işonçga asoslangan munosabatlarni strategik şeriklik darajasiga kötarişga qaror qildilar.
Oliy darajadagi kelişuvlarning ijrosini töliq taʼminlaş uçun keng qamrovli «yöl xaritasi»ni qabul qilişga kelişildi.
Muzokaralar yakunida Şavkat Mirziyoyev Iordaniya podşohini mamlakatimizga taşrif bilan kelişga taklif etdi.



