24.11.2026, Seshanba+12.2°CToshkentUSD12 002.93EUR13 156.41RUB146.74
+12.2°CToshkent$12 002.93 24.11.2026

Özbekiston Iordaniya bilan ham strategik şerik böldi

O'zbekiston 24.11.2026 18:34 0Qalampir
Özbekiston Iordaniya bilan ham strategik şerik böldi

Bugun, 24 noyabr kuni Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev va Iordaniya Hoşimiylar Podşohligi Podşohi Abdulla II ibn al-Husayn Ammon şahridagi “Al-Husayniya” saroyida kengaytirilgan tarkibda muzokara ötkazdi. Bu haqda Özbekiston yetakçisining matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilişiça, rasmiy delegatsiyalar a’zolari iştirokida ötgan uçraşuvda ikki mamlakat örtasidagi döstlik va köp qirrali aloqalarni yanada rivojlantiriş hamda hamkorlikni sifat jihatidan yangi bosqiçga olib çiqiş masalalari muhokama qilingan.

Siyosiy muloqotlar va idoralararo almaşinuvlar faollaşgani, özaro savdo hamda investitsiyalar hajmi barqaror ortib borayotgani mamnuniyat bilan qayd etilgan.

Amaliy hamkorlikning ustuvor yönalişlari sifatida savdo, investitsiya, transport va logistika, toğ-kon sanoati, qişloq xöjaligi, töqimaçilik, soğliqni saqlaş hamda farmatsevtika sohalari körsatib ötilgan.

Imtiyozli savdo bitimini imzolaş, özaro savdo hajmini kelgusida 500 million dollarga yetkaziş masalasiga alohida töxtalingan.

Madaniy-gumanitar aloqalarni yanada rivojlantiriş uçun madaniyat va san’at haftaliklarini ötkaziş, diniy-ma’rifiy yönalişda tajriba almaşiş, sayyohlik almaşinuvini kengaytiriş, qadimiy şaharlar örtasida birodarlik aloqalarini örnatiş maqsadga muvofiqligi ta’kidlangan.

Xalqaro va mintaqaviy ahamiyatga molik dolzarb masalalar yuzasidan ham fikr almaşilgan. Birlaşgan Millatlar Taşkiloti, Islom hamkorlik taşkiloti, Qöşilmaslik harakati, “Aqaba jarayoni” formati va boşqa nufuzli tuzilmalar doirasida özaro qöllab-quvvatlaş amaliyotini davom ettiriş muhimligi qayd etilgan.

Davlat rahbarlari Özbekiston va Iordaniya örtasidagi an’anaviy döstlik va özaro işonçga asoslangan munosabatlarni strategik şeriklik darajasiga kötarişga qaror qilgan.

Oliy darajadagi kelişuvlarning ijrosini töliq ta’minlaş uçun keng qamrovli “yöl xaritasi”ni qabul qilişga kelişib olingan.

Muzokaralar yakunida Özbekiston Prezidenti Iordaniya Podşohini Özbekistonga taşrif bilan kelişga taklif etgan.

O‘xshash yangiliklar