Çilonzordagi Anhor kanali böyida yangi sayilgoh taşkil etilmoqda

Toşkent şahri hokimligi kanallar böylarini kompleks obodonlaştiriş, yaşil hududlar kölamini kengaytiriş hamda aholi uçun zamonaviy sayr va dam oliş maskanlarini yaratiş borasida olib borilayotgan işlar haqida navbatdagi videosini eʼlon qildi.
Maʼlum qilinişiça, Çilonzor tumanida Anhor kanalining Bunyodkor köçasidan Naqqoşlik köçasigaça bölgan 1,7 kilometrlik qismini obodonlaştiriş va yangi sayilgoh barpo etiş işlari olib borilmoqda. Ayni vaqtga qadar kanal özanining 500 metrdan ortiq qismida betonlaş işlari amalga oşirilgan.
Loyihaga muvofiq, kanal böylab umumiy uzunligi 3,4 kilometrni taşkil etuvçi velosiped va piyodalar yölaklari barpo etiladi.
Şuningdek, kanalning ikki qirğoğini özaro boğlovçi uçta köprik qurilişi va hamda aholi xavfsizligini taʼminlaş maqsadida kanal qirğoqlari böylab himoya panjaralari örnatilişi közda tutilgan.
Bundan taşqari, hududning ekologik holatini yaxşilaş hamda sayilgohning tabiiy jozibadorligini oşiriş maqsadida 500 dan ortiq daraxt va buta köçatlarini ekiş rejalaştirilgan.
Quriliş va obodonlaştiriş işlariga 100 nafarga yaqin işçi hamda 12 ta maxsus texnika jalb etilgan. Loyihani 2027-yil may oyida yakunlaş va sayilgohni foydalanişga topşiriş möljallangan.



