Andijonda 22 mingdan ortiq pirotexnika vositalari noqonuniy muomalasining oldi olindi

Andijon viloyati bojxona boşqarmasining Şaxsiy xavfsizlik guruhi va Kontrabandaga qarşi kuraşiş bölimi xodimlari Davlat xavfsizlik xizmati hamda Içki işlar organlarining tegişli tuzilmalari bilan hamkorlikda Baliqçi tumanidagi xonadonlardan birida tezkor tadbir ötkazdi.
Xonadonni közdan keçiriş davomida noqonuniy saqlanayotgan, dastlabki qiymati 100 million sömga baholangan jami 22 250 dona turli nomdagi pirotexnika vositalari aniqlandi.
Xususan, 5 ta karton qutida 250 dona «7 Shots» nomli pirotexnika vositasi, 1 ta qopda 40 blokdan iborat jami 22 000 dona «Britanik» va «Petards» nomli pirotexnika vositalari mavjudligi maʼlum böldi.
Hozirda mazkur holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan suriştiruv işlari olib borilmoqda.



