Xotin-qizlarga nisbatan zöravonlikka qarşi birlaşaylik

Tadbirda xotin-qizlarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qiliş, ularning jamiyatdagi mavqeini mustahkamlaş, tazyiq va zöravonlikning oldini oliş, şuningdek, gender tenglikni taʼminlaş borasida amalga oşirilayotgan işlar haqida söz yuritildi.

Uçraşuv davomida iştirokçilarga xotin-qizlarni tazyiq va zöravonlikdan himoya qilişga qaratilgan qonunçilik hujjatlari, jabrlanuvçilarning huquqlari, himoya orderini rasmiylaştiriş tartibi hamda huquqiy yordam oliş imkoniyatlari yuzasidan batafsil tuşunçalar berildi.

Şuningdek, zöravonlikning har qanday körinişiga nisbatan murosasiz munosabatni şakllantiriş, bunday holatlarning oldini olişda jamoatçilik faolligini oşiriş va xotin-qizlarning huquqiy savodxonligini yuksaltiriş masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.
Tadbir yakunida iştirokçilar özlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislardan javob oldilar.
Dovud Abibullayev,
ÖzA muxbiri



