Mirzo Uluğbek tumanida uçta “koll-markaz” faoliyatiga çek qöyildi

Toşkent şahrida kiberjinoyatçilikka qarşi kuraşiş borasida ötkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari davomida bir neçta noqonuniy koll-markazlar foş etildi. Toşkent şahar Içki işlar boş boşqarmasi Kiberjinoyatlarga qarşi kuraşiş boşqarmasi hamda Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari hamkorligida Mirzo Uluğbek tumanidagi uçta manzilda ötkazilgan tadbirda jami 54 nafar fuqaro aniqlandi.
Dastlab Podşohboğ mahallasidagi xonadonda 16 nafar fuqaro tomonidan taşkil etilgan koll-markaz faoliyati foş etildi. Bu yerda onlayn muloqot orqali foydalanuvçilarning işonçiga kiriş va aldov yöli bilan pul mablağlarini qölga kiritişga qaratilgan firibgarlik sxemasi amalga oşirilgan.
Tadbir davomida 7 ta noutbuk, 32 ta telefon, ikkita kompyuter va uçta Starlink qurilmasi aşyoviy dalil sifatida olindi. Telefonlar tekşirilganda uç nafar fuqaro tomonidan 16 285 USDT, yaʼni taxminan 194 million 883 ming sömlik kriptoaktivlar bilan noqonuniy muomala qilingani aniqlandi. Şuningdek, 16 nafar fuqaroning Özbekiston hududida vaqtinçalik röyxatdan ötmaganligi maʼlum bölib, tegişli hujjatlar rasmiylaştirildi.
Tezkor tadbirlar Alpomiş mahallasida ham davom ettirildi. Bu yerda 10 nafar fuqaro tomonidan taşkil etilgan koll-markazda firibgarlik, qimor öyinlari va kriptoaktivlar aylanmasi bilan boğliq noqonuniy faoliyat amalga oşirib kelingan. Tadbirda 20 ta telefon musodara qilindi.
Geologlar mahallasidagi uçinçi manzilda esa 28 nafar fuqaroning noqonuniy onlayn faoliyati aniqlandi. Dastlabki maʼlumotlarga köra, ular kriptoaktivlar bilan noqonuniy muomala qiliş, turli moliyaviy sxemalar orqali asosan xorijiy fuqarolarni aldaş va ularning pul mablağlarini özlaştiriş bilan şuğullangan. Bu yerdan 36 ta telefon aşyoviy dalil sifatida olindi.
Hozirda uşbu holatlar böyiça jinoyat işi qözğatilib, dastlabki tergov harakatlari davom etmoqda.



