JIDUda yoş diplomatlar munozarasi boşlandi

Anjumanda Şveysariyaning mamlakatimizdagi Favqulodda va muxtor elçisi Simone Giger, BMT Axborot idorasi rahbari Anvar Meliboyev, Osiyo taraqqiyot banki loyihalar töplamini boşqariş böyiça katta mutaxassisi Januar Laude, universitet professor-öqituvçilari va talabalar iştirok etdi.

"Muloqotdan amaliyotga: kelişmovçiliklar davrida yoşlar ovozi orqali global boşqaruvni qayta körib çiqiş" mavzusidagi tadbir xalqaro munosabatda yoşlarning örni, köp tomonlama hamkorlik va dunyoviy muammolarga kelişuv asosida yeçim topiş masalalarini muhokama qiliş uçun qulay maydon böldi.

Ikki kunlik dastur doirasida delegatlar BMT qömitalari işini muvofiqlaştiriş, özlari vakillik qilayotgan davlat qaraşini himoya qiliş, diplomatik muzokara ötkaziş hamda rezolyutsiya loyihalarini tayyorlaşda iştirok etadi. Mazkur jarayon tahliliy fikrlaş, notiqlik, jamoada işlaş va qaror qabul qiliş könikmasini amalda sinaş imkonini beradi.

Konferensiya Özbekistonning 10 dan ortiq oliy taʼlim muassasasi, maktab va akademik litseylari vakillari, şuningdek xorijiy iştirokçilarni birlaştirdi.

"UWED Model United Nations" 21 yilligini nişonlanmoqda. Uşbu taşabbus yoşlarni xalqaro munosabat sohasidagi nazariy bilimini amaliyot bilan uyğunlaştiriş, diplomatik muloqot madaniyatini şakllantiriş va kelajak mutaxassislarini tayyorlaşga xizmat qiladi.
Musulmon Ziyo,
ÖzA



