Raqamli turizm, hunarmandlik va xalqaro taşabbuslar

Turizmda sunʼiy intellektdan foydalaniş imkoniyati ham kun tartibidan örin oldi. Xalqaro “Trip.com” platformasi vakillari iştirokida ötkazilgan amaliy seminar-treningda soha mutaxassislari raqamli platforma bilan işlaş, turistik mahsulotni onlayn bozorda ilgari suriş va xalqaro mijozlarga çiqiş böyiça tajriba almaşdi. Yurtimizda xalqaro mehmonxona brendlari tarmoği kengayişiga oid taqdimot sohaning investitsiyaviy jozibadorligi va xizmat bozoridagi yangiliklarni namoyon etdi.

Hunarmandlikka bağişlangan şöʼba yiğilişida milliy mahsulotlarni taklifning muhim qismiga aylantiriş, innovatsion yeçimlar va mavjud muammolar muhokama qilindi. “Tourism Hackathon” doirasida sohadagi dolzarb masalalarga yangi ğoya va yeçimlar izlandi. Kun yakunida “Silk Road Tourism Awards” taqdirlaş marosimi va yarmarkaning rasmiy yopiliş tadbirlari ötkazildi.

Kunning yana bir muhim voqeasi – Toşkentda 2027-yil – Barqaror va bardoşli turizm xalqaro yilining rasmiy oçilişi böldi. Özbekiston ilgari surgan, BMT Boş Assambleyasi tomonidan qöllab-quvvatlangan ayni taşabbus turizmning iqtisodiy ösiş, bandlik, madaniy merosni asraş va atrof-muhit muhofazasidagi örnini kuçaytirişga qaratilgan. Oçiliş marosimi Toşkentda ötkazilişi mamlakatimizning xalqaro turizm kun tartibini şakllantirişdagi iştiroki va faolligini namoyiş qildi.

Hamkorlik, bozor va imkoniyat
TXTY-2026 forumi turizmni faqat sayyohlar oqimi yoki yangi manzillar emas, balki iqtisodiyotning boşqa tarmoqlari bilan uzviy boğliq holda rivojlantiriş zarurligini körsatdi. Kino orqali mamlakatni tanitiş, havo qatnovi kölamini kengaytiriş, tibbiy xizmat bozoriga yangi mamlakatlarni jalb etiş, madaniy meros manzillariga taşrifni rağbatlantiriş va raqamli platformadan samarali foydalaniş yangi ösiş nuqtalari sifatida namoyon böldi.
Xalqaro investitsiya forumi, sohaviy sessiyalar, B2B uçraşuvlari va yangi kelişuvlar bozor iştirokçilari uçun hamkorlik imkoniyatini kengaytirdi. Eng muhimi, diyorimiz sayyohlik salohiyatini xalqaro bozor talabiga mos mahsulot va xizmatga aylantiriş, yangi sarmoya va hamkorlar jalb etişga alohida eʼtibor qaratildi.
Anjuman yakuni turizmda raqobat endi faqat manzil jozibasi emas, balki xizmat sifati, texnologiya, transport qulayligi, sarmoyaviy muhit va xalqaro hamkorlik darajasi bilan ham belgilanişini yana bir bor körsatdi. Toşkentdagi uç kunlik muloqot ayni yönalişda yangi imkoniyat nuqtalarini belgilab berdi.
Musulmon Ziyo,
Otabek Mirsoatov (surat),
ÖzA



