Ohangaronda piyoda YTH oqibatida halok böldi

26-noyabr kuni taxminan soat 21:00 da Ohangaron tumani Şodmalik mahallasi hududidan ötuvçi A373 avtomobil yölining 35-kilometrida yöl-transport hodisasi sodir böldi.
1987-yilda tuğilgan N.X. boşqaruvidagi «Lasetti» avtomobili yölni belgilanmagan joydan kesib ötayotgan 1982-yilda tuğilgan piyodani urib yuborgan.
Yöl-transport hodisasi oqibatida piyoda olgan tan jarohatlari tufayli voqea joyida vafot etgan.
Mazkur holat yuzasidan Özbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat işi qözğatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Haydovçilardan avtomobil yöllarida piyodalarga nisbatan huşyor böliş, piyodalardan esa yölni faqat belgilangan joylardan kesib ötiş söraldi.



