«Yillar davomida ortiqça pul tölaymiz» - «Nima dard?»da uy qurişdagi xatolar haqida

Nega batareyalar qizib turgan bölsa ham, uyimiz sovuq? Ğiştli uy beton uydan issiqroqmi? Devorlar haqiqatan ham «nafas olişi» kerakmi? Gaz va elektr energiyasiga katta mablağ sarflamasdan ham issiq uyda yaşaş mumkinmi?
Jamşid Muslimov va Odilxon Alimxanovning «Nima dard?» podkasti navbatdagi mehmoni - energiya samarador uylar qurilişi böyiça mutaxassis Sobir Şermuhammad.
Suhbatda uy qurişda yöl qöyilayotgan xatolar, issiqlikni saqlaş texnologiyalari, qişga tayyorgarlik, quriliş materiallariga oid stereotiplar, uy sotib olişda eʼtibor beriş kerak bölgan jihatlar hamda Özbekistonda energiya samaradorligini oşiriş imkoniyatlari haqida söz yuritildi.
Uy qurayotgan, uy sotib olmoqçi bölgan yoki yaşab turgan uyidagi sovuqlik muammosini hal qilişni istagan insonlar uçun foydali suhbat.
Batareya issiq, uy esa sovuq. Nega?
Uyning taşqi devorlari, tomi, poli, eşik va derazalari insonni taşqi muhit taʼsiridan himoya qiluvçi konstruksiyalar hisoblanadi. Ularning issiqlik ötkazişga qarşiligi qançalik past bölsa, uy şunçalik köp energiya yöqotadi.
Sobir Şermuhammad issiqlik yöqotilişining ikki turini ajratib körsatdi. Birinçisi - konstruksiyalarning özidan issiqlik ötişi, ikkinçisi - ular orasidagi tirqişlardan issiq havoning çiqib ketişi.
«Xalqimizda juda yaxşi gap bor: ignaday teşikdan tuyaday issiqlik çiqib ketadi».
Mutaxassis bu jarayonni teşik stakan misolida tuşuntirdi. Stakanga qança suv quyilmasin, teşik berkitilmasa, suv oqib ketaveradi. Uyni isitişda ham xuddi şunday: yöqotilayotgan issiqlik örnini töldiriş uçun doimiy ravişda energiya sarflaşga töğri keladi.
«Masala issiqlikni olib kirişdan köra, uni saqlaşda. Muammo uyni isitişda emas, issiqlikni saqlab qolişda».
Energiya samarador uy - termosga öxşaydi
Sobir Şermuhammad energiya samarador uyni oddiy termosga qiyosladi. Termos içidagi suyuqlikni issiq yoki sovuq holatda uzoq vaqt saqlab turadi. Ammo uning qopqoği oçiq qoldirilsa, bu xususiyatini yöqotadi.
Uyda ham issiqlikni saqlaş uçun butun konstruksiyaga kompleks yondaşiş zarur.
Masalan, ayrim odamlar uyining poli sovuqligidan şikoyat qilib, polni izolyatsiya qiliş orqali muammoni hal etmoqçi böladi. Vaholanki, muammo tomda bölişi ham mumkin. Yuqoridan issiq havo çiqib ketişi natijasida pastdan sovuq havo kirib keladi.
Şuning uçun uyning faqat bitta qismini izolyatsiya qiliş har doim ham kutilgan natijani bermaydi.
«Yarim-yorti qilingan işning natijasi ham yarimta böladi. Kompleks yeçim qiliş kerak», - deydi ekspert.
Ğiştli uy beton uydan issiqroqmi?
Aholi orasida ğiştdan qurilgan uylar betondan qurilgan uylarga nisbatan issiqroq böladi, degan qaraş keng tarqalgan.
Mutaxassisning fikriça, uyning energiya samaradorligini faqat devor qanday materialdan qurilganiga qarab baholaş notöğri.
Quriliş materialining issiqlik ötkazuvçanligi, devorning qalinligi, izolyatsiya qatlami, konstruksiyalarning bir-biriga tutaşgan joylari va quriliş işlarining sifati birgalikda hisobga olinişi kerak.
Qimmat quriliş materiallaridan foydalanişning özi ham energiya samaradorligini kafolatlamaydi. Materiallarni töğri tanlaş va texnologiyaga muvofiq işlatiş muhim.
Devorlar «nafas olişi» kerakmi?
Suhbatda quriliş sohasida keng tarqalgan yana bir tuşunça - devorlarning «nafas olişi» masalasi muhokama qilindi.
Ayrim odamlar uy devorlarini izolyatsiya qiliş natijasida xonada havo almaşinuvi yomonlaşadi, deb hisoblaydi.
Sobir Şermuhammad uyda havo almaşinuvi devorlardagi tirqişlar orqali emas, maxsus ventilyatsiya tizimi orqali taʼminlanişi kerakligini taʼkidladi.
Uyning germetikligi va unda soğlom mikroiqlimni taʼminlaş bir-biriga zid tuşunçalar emas. Töğri taşkil etilgan ventilyatsiya tizimi xonaga toza havo kirişini, ortiqça namlik va ifloslangan havoning çiqarilişini taʼminlaydi.
Bunda rekuperatsiya texnologiyasidan ham foydalaniş mumkin. U taşqariga çiqarilayotgan havodagi issiqlikning bir qismini xonaga kirib kelayotgan havoga uzatiş imkonini beradi.
Uyning qayeridan issiqlik çiqib ketayotganini qanday aniqlaş mumkin?
Rivojlangan mamlakatlarda binolarning energiya samaradorligini baholaş uçun maxsus diagnostika usullaridan foydalaniladi.
Şulardan biri - Blower Door testi. Bunda uyning taşqi eşigiga maxsus ventilyator va bosimni ölçovçi qurilma örnatiladi. Uy içi va taşqarisidagi havo bosimi örtasida farq hosil qilinib, binoning germetiklik darajasi baholanadi.
Mutaxassis bu jarayonni avtomobil ğildiragidagi teşikni aniqlaşga öxşatdi.
Şuningdek, teplovizor yordamida konstruksiyalar sirtidagi harorat farqlarini köriş, issiqlik yöqotilişi mumkin bölgan joylarni aniqlaş mumkin.
Ekspertning fikriça, bunday diagnostika xizmatlari Özbekistonda ham ommalaşişi kerak. Bu uy egalariga muammoning asl sababini aniqlaş va ortiqça xarajatlarning oldini oliş imkonini beradi.
Qişga qanday tayyorgarlik köriş kerak?
Suhbatning katta qismi köp qavatli uylarda va hovlilarda yaşovçi aholi uçun amaliy tavsiyalarga bağişlandi.
Mutaxassis eşik va derazalarning germetikligi, tom va taşqi devorlarning holati, isitiş tizimining samaradorligi hamda ventilyatsiyaga eʼtibor qaratiş zarurligini aytdi.
Köp qavatli uylarda energiya samaradorligini oşiriş faqat bitta xonadon egasining harakati bilan çeklanmasligi kerak. Binoning umumiy konstruksiyalari, tomi va taşqi devorlari bilan boğliq muammolarni hal qilişda qöşnilarning hamjihatligi va boşqaruv taşkilotining iştiroki muhim.
Hovlilarda esa tomning issiqlik izolyatsiyasi, eşik va derazalarning örnatiliş sifati, isitiş tizimidagi quvurlar va boşqa konstruksiyalarga eʼtibor beriş lozim.
Suhbatda ota-bobolarimiz foydalangan lomboz texnologiyasi, devorga gilam ilişning ahamiyati va zamonaviy izolyatsiya materiallarining xususiyatlari haqida ham söz yuritildi.
Uy sotib olişda faqat narxi va joylaşuviga qaramang
Uy sotib olayotgan odamlar, odatda, uning joylaşuvi, maydoni, taʼmiri va narxiga eʼtibor qaratadi. Ammo kelgusida bu uyni isitiş va sovitiş uçun qança mablağ sarflanişi köpinça hisobga olinmaydi.
Sobir Şermuhammad uyning energiya samaradorligini ham xaridning muhim mezonlaridan biriga aylantiriş kerakligini taʼkidladi.
Uyning quyoşga nisbatan joylaşuvi, taşqi devorlari, derazalari, tomi va isitiş tizimi qanday loyihalaştirilgani bilan qiziqiş lozim.
Imkoniyat bölsa, uyni sotib olişdan oldin sohadagi malakali mutaxassisga tekşirtiriş maqsadga muvofiq. Çunki quriliş jarayonida yöl qöyilgan xatolarni keyinçalik bartaraf etiş qimmatga tuşişi mumkin.
Energiya samaradorligi inson salomatligiga ham taʼsir qiladi
Suhbatda binolardagi mikroiqlimning inson salomatligi va mehnat qobiliyatiga taʼsiri haqida ham fikr yuritildi.
Xonadagi haroratning özi inson uçun qulay muhit yaratilganini anglatmaydi. Havoning sifati, namligi, havo almaşinuvi va konstruksiyalar sirtidagi harorat ham muhim.
Bu masala, ayniqsa, maktablarda dolzarb. Bir xonada köp sonli öquvçilar bölgan şaroitda ventilyatsiya tizimi yetarli darajada işlamasa, havo sifati yomonlaşişi mumkin. Bu bolalarning diqqatini jamlaşi va bilimlarni özlaştirişiga ham salbiy taʼsir körsatişi ehtimoli bor.
Şu sababli binolarning energiya samaradorligi masalasini faqat kommunal tölovlarni kamaytiriş nuqtayi nazaridan körib çiqiş yetarli emas.
Tejalgan energiya iqtisodiyotning boşqa sohalariga yönaltirilişi mumkin
Energiya samarador uylarning köpayişi mamlakat iqtisodiyoti uçun ham ahamiyatli.
Aholi uylarini isitiş va sovitiş uçun kamroq energiya sarflasa, tejalgan resurslarni sanoat, işlab çiqariş va boşqa iqtisodiy tarmoqlarga yönaltiriş imkoniyati paydo böladi.
Sobir Şermuhammad davlat energiya samarador uylar qurilişini rağbatlantirişi, jumladan, bunday uylar quriş uçun subsidiyalar ajratiş mexanizmlarini körib çiqişi kerakligini aytdi.
Uning fikriça, bunday xarajatlarni faqat aholiga berilgan moliyaviy yordam sifatida emas, balki mamlakatning kelgusidagi energiya sarfini kamaytirişga qaratilgan investitsiya sifatida ham baholaş mumkin.
«Quriliş meyorlariga talabni kuçaytiriş kerak»
Ekspert Özbekistonda binolarning energiya samaradorligiga oid quriliş meyorlarini qayta körib çiqiş va ularga qöyiladigan talablarni kuçaytiriş zarurligini taʼkidladi.
Uning aytişiça, bunday talablarning kuçaytirilişi tadbirkorlikka qarşi çora sifatida qabul qilinmasligi kerak.
«Siz developer bölsangiz, qurayotgan uyingizni şu talablarga moslab qursangiz, kim yutadi? Unda yaşaydigan odam yutadi, davlat yutadi, jamiyat yutadi».
Mutaxassis binolarning energetik pasportlarini joriy etiş, sohada malakali kadrlar tayyorlaş va quriliş ustidan nazoratni kuçaytiriş muhimligini ham qayd etdi.
Suhbat yakunida energiya samaradorligi masalasi nafaqat quruvçilar va davlat idoralarining, balki har bir isteʼmolçining ham eʼtiborida bölişi kerakligi taʼkidlandi.
Uy qurişdagi bugungi xatolar uçun unda yaşaydigan insonlar önlab yillar davomida ortiqça energiya sarflab, haq tölaşiga töğri keladi.
Suhbatni töliq holda Kun.uz’ning YouTube kanalida tomoşa qilişingiz mumkin.



